INTV-O'zbekistondagi birinchi internet telekanal tahrir

Internet telekanal g’oyasi va uni yaratish ishlari 2016-yilning yanvar oylarida boshlangan. Bugungi kunga kelib o’z faoliyatini mustaqil yurita oladigan, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi fond tomonidan moliyalashtirilgan va katta auditoriyaga ega bo’lgan internet kanalga aylangan. Shuni ta’kidlab o’tish joizki, ushbu internet telekanal O’zbekistondagi ilk internet telekanal hisoblanib, intv.uz ko’rsatuvlar berib boriladigan rasmiy saytdir. Yoshlarimizning bo'sh vaqtlarini unumli o'tkazish, ularni yaratuvchanlikka undash va o'zbek internet kengligini o'zbekcha, o'zimizning ruhdagi, milliyligimizga mos bo'lgan media kontent bilan to'ldirish loyiha muallifining eng asosiy maqsadidir. O’zbek internet kengliklarida o’zbek tilidagi, milliy qarashlarimiz aks etgan, yoshlarimizning vaqtini besamar o’tkazmaydigan video mahsulotlar juda ham kam. Bu esa milliy internet kengligimizdagi eng katta muammolardan biri hisoblanadi. INTV ijodkorlari esa shu muammoni oldini olish, internet kengligida milliy media sigmentimizni yaratishni maqsad qilib olishgan. Yana shuni ta’kidlab o’tish joizki, yurtimizda bu yo’nalishda va bu formatda hali ko’p ishlar qilinishi zarur. INTV ijodkorlari iqtidorli va yaratuvchan talabalardan tashkil topgan. Ushbu talabalar barcha ko’rsatuvlarni yoshlar nigohidan qiziqarli va yuqori sifatli qilib ishlab chiqishadi. Yosh, iqtidorli, shuningdek, media sohasiga qiziqadigan yoshlar INTV ning asosiy hodimlari hisoblanadi. Ular turli yo’nalishlarda, ya’ni operatorlik, boshlovchilik, tahririyat, montajchilik, chiroq ustasi, ovoz operatori kabi ko’plab sohalarda faoliyat yuritadilar. Bundan tashqari, yoshlar o’zlari ham o’rganadi, o’z ustida ishlaydi, professionallik darajasiga intiladi.

Ko’rsatuvlar: Internet kanalga joylanib boradigan har bir ko’rsatuvlar yoshlarimizning dunyo qarashidan, ularni qiziqtirgan masalalar yuzasidan, muammolaridan kelib chiqib tayyorlanadi. Bundan tashqari ko’ngilochar, yoshlarimizning vaqtini unumli o’tkazadigan ko’rsatuvlar ham bor. Bugungi kunga kelib ko’rsatuvlar soni 20 dan ziyod va 200 dan ortiq videolar internet telekanalga joylangan. Ko’rsatuvlar dunyoning eng qiziq yangiliklari, futbol yangiliklari, musiqa, axborot texnologiyalar olamida yangiliklar kabi ko’plab sohalarni qamrab olgan.

INTV ijodkorlarining kelajakdagi rejalari yurtimizda eng katta internet telekanalni faoliyatini yuritish, o’zbek internet kengliklarini milliy ruhdagi, mintalitetimizga mos ko’rsatuvlar bilan to’ldirish, yoshlarimizning vaqtini bekorga o’tkazmasligini ta’minlash va ularni o’z atrofiga yig’ish, yurtimiz salohiyatini butun dunyoga ko’z-ko’z qilishdir.