Tez boshlash uchun qoʻllanma Vikipediyaga xush kelibsiz, Mujgona!
Birinchi qadam Vikipediya foydalanuvchilari nomidan uning oʻzbek tilidagi boʻlimiga kelganingiz bilan qutlayman. Umid qilamizki, siz loyihada ishtirok etishdan behad mamnun boʻlasiz.

Ishtirok etishning asosiy tamoyillariga eʼtibor bering: bemalol tahrirlang va ezgu maqsadni koʻzlang.

Munozara sahifalarida tasvirda koʻrsatilgan tugmani bosish orqali imzo qoʻyish mumkin.

Vikipediyada maqolalar ostiga imzo qoʻyilmaydi (mualliflar roʻyxati avtomatik shakllanib boradi va maqolaning tahrirlar tarixidan olinishi mumkin boʻladi), biroq forumdagi muhokamalarda yoki alohida sahifalarning munozaralarida ishtirok etishni istasangiz — iltimos, toʻrtta tilda (~~~~) belgisi bilan yoki asboblar panelidagi mos tugmachani bosish yoʻli bilan imzo cheking. Bunda foydalanuvchi nomingizni qoʻlda kiritish talab etilmaydi.

Foydalanuvchi sahifangizda oʻzingiz haqingizdagi ayrim maʼlumotlar haqida xabar berishingiz mumkin — masalan, qaysi tillarni bilishingiz yoki qiziqishlaringiz.

Endi boshlayotganlarning tez-tez qiladigan xatolaridan biri — mualliflik huquqlarini buzishdir. Vikipediyada mualliflik huquqi egasining ruxsatisiz matnlardan nusxa koʻchirish taqiqlanadi. Batafsil maʼlumot uchun Vikipediya:Mualliflik huquqlari sahifasiga nazar soling.

Yozilgan matn imlosini tuzatish kabi koʻp mehnat talab qiladigan amallarni bajarish uchun tahrirlash oynasining tagida joylashgan Vikifikator funksiyasidan foydalanishingiz mumkin.

Agar siz bitta tahrir bilan maqola yarata olmasangiz va uni yozishni keyinroq davom ettirmoqchi boʻlsangiz, bu haqda boshqa foydalanuvchilarni xabardor qilish uchun maqola matnining eng boshiga {{subst:L}} kodini qoldiring.

Agar sizda savollar tugʻilib qolsa, Yordam sahifasidan foydalaning. Agar savollaringizga u yerda javob topa olmagan boʻlsangiz, unda uni loyiha forumida yoki Telegram chatda bering yoki shaxsiy munozara sahifangizni tahrirlang: u yerga {{yordam kerak}} kodini va savolingiz matnini yozing — sizga albatta yordam berishadi.

Vikiiqtibos, Vikilugʻat, Vikimaʼlumotlar, Vikiombor kabi Vikipediyaga qardosh boshqa loyihalar ham bor. Ularni boyitishga ham hissa qoʻshishingiz mumkin.

Va yana bir marotaba, xush kelibsiz!

Hello and welcome to the Uzbek Wikipedia! We appreciate your contributions. If your Uzbek skills are not good enough, that’s no problem. We have an embassy where you can inquire for further information in your native language. We hope you enjoy your time here!
Maqolalarni nomlash
Maqola qanday yoziladi? Qarang: Maqola ustaxonasi / Videodarslar
Qoida va koʻrsatmalar
Tasvirlar bilan bezash
Mualliflik huquqlari
Glossariy

Asadbek Botirqulov (munozara) 15:00, 8-Iyun 2021 (UTC)

Assalomu alaykum, katta rahmat bildirilgan ishonch va ezgu tilaklar uchun! O'zbekcha ma'lumotlarni tahrirlashda tahrirlash oynasi sal tushunarsizroq. Ruscha ma'lumot kiritish bir muncha soddaroq. Imkoni bo'lsa o'zbekcha ma'lumot kiritishni ham ruschadagidan osonlashtirish maqsadga muvofiq. Bu mani shaxsiy fikrim albatta. Ma'lumot kiritishda sal qiyinchilik emasku tushunarslik bo'ldi. Kirillchada kiritmoqchi edim tahrirlash esa lotinda chiqti. Keyin ma'lumotlarni kiritish bo'yicha ya'ni ajratib ko'rsatish jirniy qilishga qiynaldim.

Telegram chat

tahrir

Salom, O‘zbekcha Vikipediyada yangi foydalanuvchilarga tezroq, qulayroq va tushunarliroq yordam berish maqsadida https://t.me/uzwikichat guruhi ochilgan. O‘sha yerda yozish/tahrir qilish bo‘yicha o‘zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz mumkin. Jamshid Nurqul (munozara) 09:56, 25-Mart 2022 (UTC)

Assalomu alaykum katta rahmat Mujgona (munozara) 09:59, 25-Mart 2022 (UTC)

Disambig

tahrir

Salom hamda Vikipediyaga xush kelibsiz. Iltimos, maqola yaratganingizda shunday nomli maqola mavjud boʻlmasa, disambig qoʻshmang. Misol uchun, ABC (musiqiy asbob) emas, ABC deb nomlashning oʻzi kifoya. Malikxan munozara 18:30, 8-Iyun 2022 (UTC)

Assalomu alaykum, Man rus tilidan tarjima qilgandim musiqiy asboblarni, rus tilidagi sarlavhada muzikalniy instrument deb yozilgani uchun men ham qavs ichida kiritdim. Kelguzida albatta inobatga olaman. Katta rahmat sizga o'z vaqtida kamchiliklarni bartaraf etishda va maqolalarni kerakli tartibda tahrirayotganingiz uchun. Ijodiy barkamollik tilab, Mujgona! Mujgona (munozara) 04:21, 13-Iyun 2022 (UTC)

Fan arbobi

tahrir

Salom. https://uz.wikipedia.org/wiki/O%CA%BBzbekiston_Respublikasi_fan_arbobi sahifasida Mukofotlar sohiblarini róyxat qilmang-da, turkumni yozing. Umarxon III (munozara) 06:59, 14-Iyun 2022 (UTC)

Assalomu alaykum, olib tashlaymi kiritganlarni? Batafsilroq tushuntiring yoki mayli o'ziz tahrirlasangiz shunga qarab keyingilarini to'g'irlab ketardim Mujgona (munozara) 07:28, 14-Iyun 2022 (UTC)
https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=O%CA%BBzbekiston_fan_arbobi&oldid=2630126 Mana shunisi ma'qul. Umarxon III (munozara) 18:33, 14-Iyun 2022 (UTC).
katta rahmat. Mujgona (munozara) 19:14, 14-Iyun 2022 (UTC)
  Vikishuhrat ordeni
Hurmatli Mujgona! Oʻzbekcha Vikipediyaga qoʻshayotgan salmoqli, foydali va bebaho hissangiz uchun sizni ushbu Viki-shuhrat ordeni bilan taqdirlashga ijozat bergaysiz. Xayrli va foydali ishingizni davom ettirasiz va ushbu yutuqlarda toʻxtab qolmaysiz deb umid qilaman. Hurmat bilan — Umarjon Rahimov (munozara) 15:54, 26-Avgust 2022 (UTC).

Tilak Jo‘ra maqolasi oʻchirishga nomzod qilib koʻrsatildi

tahrir
 

Siz tomoningizdan yaratilgan Tilak Jo‘ra maqolasi oʻchirishga nomzod sifatida koʻrsatildi. Chunki, maqolangiz Vikipediya qoida va koʻrsatmalariga mos kelmaydi, shuning uchun oʻchirilishi lozim.

Maqolangizni oʻchirish masalasi konsensusga erishilgunga qadar Vikipediya:Oʻchirishga/Tilak Jo‘ra sahifasida muhokama qilinadi. Muhokamada hamma, jumladan siz ham qatnasha olasiz.

Muhokama davomida ham maqolada tahrirlar qilishingiz mumkin, biroq uning tepasidagi {{oʻchirishga}} andozasini olib tashlamasligingiz kerak. Najot0809 (munozara) 11:03, 30-Avgust 2022 (UTC)

Assalomu alaykum, hurmatli najot0809 yana qanday manba kerak sizga? har bitta maqolaga kirib kritika qilish oson, lekin kirib u maqolani tahrirlash yoki qo'shimcha manbaa bilan boyitish har kimning ham qo'lidan kelavermaydi. Men qarshiman bu maqolalarni o'chirishga!!!
Vatanparvar bo'lsayiz undan ko'ra kerakli manbaa bilan to'ldirdiring, o'chirishga tavsiya bermasdan! Mujgona (munozara) 05:06, 31-Avgust 2022 (UTC)
Tiklangan ekan. Maqolaning EAga egaligi isbotlandi. Umarjon Rahimov (munozara) 18:36, 22-Iyun 2023 (UTC).

Maqolani oʻchirish

tahrir

Faol tadbirkor maqolasi oʻchirishga nomzod sifatida koʻrsatildi

tahrir
 

Siz tomoningizdan yaratilgan Faol tadbirkor maqolasi oʻchirishga nomzod sifatida koʻrsatildi, chunki maqola hozirgi koʻrinishida Vikipediya qoida va koʻrsatmalariga mos kelmaydi.

Maqolani oʻchirish masalasi konsensusga erishilgunga qadar Vikipediya:Oʻchirishga/Faol tadbirkor sahifasida muhokama qilinadi. Muhokamada hamma, jumladan, siz ham qatnasha olasiz.

Muhokama davomida ham maqolani tahrir qilishingiz mumkin, biroq uning tepasidagi {{oʻchirishga}} andozasini olib tashlamasligingiz kerak. Laziz Baxtiyorov (munozara) 07:01, 27-Yanvar 2024 (UTC)

Laziz Baxtiyorov (munozara) 07:01, 27-Yanvar 2024 (UTC)