Franklin Mars. Yirik oilaviy biznes, Mars Inc. asoschisi. Mars Inc. kompaniyasi barchamizga ma'lum bo'lgan eng ko'p savdo markalariga egalik qiladi. Mars, Snickers, Bounty, Twix va Milky Way shokoladlari, Wrigley, Orbit va Juicy Fruit meva sharbatlari, M&M’s konfetlari, Skittles va Rondo, Whisks, Pedigree, Kitekat va Royal Canin chorva mahsulotlari va boshqalar aynan ushbu kompaniya mahsulotlari sanaladi.

Hayoti tahrir

Franklin Clarence Mars 1883 yil 24 sentyabrda Minnesota shtatining Newport shahrida tug'ilgan. Uning oilasi boy emas edi, shuning uchun u erta ishlashni boshlashi kerak edi. Bolaligida Franklin poliomielit kasalligiga chalinganligi bois u qo'lqopsiz yura olmagan va maktabga ham bormagan.Franklin Mars 19 yoshga savdo sotiq bo’yicha, aniqrog’I qandolat mahsulotlari savdosi bo’yicha ish topdi. Uning xotini Ethel hayotidagi ilk hamkori bo’ldi. 28 yoshida Mars ishni tark etishga va o'z biznesini boshlashga qaror qildi. Xotini bilan birgalikda ular o'z uyida shirinliklarni tayyorlashni va sotishni boshlaydilar. Bu ish foyda keltirdi va 1911 yilda juftlik Mar-O-Bar kompaniyasini tuzdi, ko’p o’tmay ular kompaniya nomini Mars Candy Factory deb atashga qaror qilishdi. Uning oddiy va sodda assortimenti, asosan, turli xil nachinkalik konfetlardan iborat edi. Ish jadali oshib, kichik uy do’konidan 125 kishidan iborat Chikago shahrida joylashgan qandolat fabrikasi tashkil topdi. 1920 yil Frenk Minneapolis shahriga ko’chib o’tishga qaror qilgani behihikmat bo’lmagan ko’rinadi, chunki u yerda u o’zining ilk bestsellerini yaratdi. Bu Milky Way batonchiklari edi. Jahon iqtisodiy depressiyasi tufayli ko’plab korxonalar yopilib inqirozga uchrab turgan vaqtda Franklin o’z batonchiklarini xatto 5 sentdan ham sotishga majbur bo’lgan. Qiyin paytlarga qaramay, mehnat va matonat o’z samarasini beradi va 1925 yil ushbu batonchik Amerika bozorida mutlaq liderlikga erishadi va kunma-kun kompaniya uchun yangi bozorlar ochilaveradi. U 1934-yil 8-aprelda Meriland da vafot etadi

Kampaniya boyligi tahrir

Vaqt mobaynida Frenk o’z mahsulotlar liniyasini kengaytirib, Mars Almond(mindal batonchik), Musketeers va barchamizga tanish Snickersni ham savdoga chiqaradi. 1924 yilga kelib kompaniya savdo aylanmasi 700 000 dollardan oshib ketadi. 2016 yilda Mars Inc. kompaniyasi yagona oilaga tegishli bo’lga eng yirik kompaniya deb e’tirof etildi. Hozirgi kunda kompaniyada jami 100.000ga yaqin ishchilar faoliyat yuritadi va kompaniya kapitalizatsiyasi 35 milliard dollarga teng. Boshqaruvda esa Frenkning nabiralari Jaklin, kichik Frenk va Jon faoliyat yuritib kelmoqda.

Manbalar tahrir