Kardiospazm (yun. kardia, bu yerda — meʼdaning kirish qismi va spazm), kardi axalaziyasi, frenospazm — qiziloʻngachning meʼdaga kirish qismi — kardining torayib qolishi. Nervmuskul faoliyatining izdan chiqishi, qiziloʻngachning reflektor disfunksiyasi va b. sabablar natijasida yuzaga keladi. K.da qiziloʻngachdan ovqat luqmasining oʻtishi qiyinlashadi (qiltomoq), uning yuqori boʻlimlari (toraygan joyidan keyingi qismi) kengayadi, toʻsh sohasi orqasida ogʻriq seziladi, kekirish va h.k. kuzatiladi. Qiziloʻngachning kengaygan qismida ovqat turib qolib ayniganda, uning shilliq qavati yalligʻlanadi (ezofagit); jarayon baʼzan qiziloʻngach devorining hammasiga, hatto atrofidagi hujayralarga ham tarqalishi mumkin. Natijada chandiq hosil boʻlib, stenoz roʻy beradi. Kasallik asosan 20—40 ya shar ayol va erkaklarda uchraydi.

Davos i : K.ning dastlabki davrida konservativ davo: ovqatlanish maromiga rioya qilish, spazmga qarshi va tinchlantiruvchi dorilar buyuriladi. Kasallik zoʻrayib, bemorning ahvoli ogʻirlashaversa, jarrohlik usuli qoʻllaniladi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil