Funduk, funduk, (Corylus maxima Mill.) — qayindoshlar (qayingullilar oilasi)ga mansub buta yoki daraxt. Oʻrmon yongʻogʻining yirik mevali bir turi. Janubiy Yevropa va Osiyoda tarqalgan. Oʻrta va Janubiy Yevropa, Turkiya, AQSH, Kavkaz, Qrim va boshqa joylarda oʻstiriladi. Boʻyi 3–10 m, bir uyli, guli ayrim jinsli, changchisi (otalik guli) kuchalasimon toʻpgulga, urgʻochisi (onalik guli) yakka-yakka yoki 2—3 tadan yigʻilgan. Sentabrda pishadi; mevasi (yongʻogʻi) yirik, choʻzinchoq, poʻsti yupqa. Magʻzi tarkibida 52—71% yogʻ, 12—18% oqsil va 3—10% uglevod bor.Funduk magʻzi qovurilgan yoki xom holida yeyiladi.Qa

andolatchilik sanoatida ishlatiladi, yogʻ olinadiFnduk u. urugʻidan, parxish, bachki ildizlaridan koʻpaytiriladi. Koʻchatlari 8x6 yoki 8x10 m sxemada ekiladi. Shakl berishda tupida 8—10 asosiy novda qoddiriladi. Koʻchati oʻtkazilgach, 4—6da li hosilga kiradi. Hosildorligi 10—30 s/ga.[1]

Manbalar tahrir

  1. "Funduk" OʻzME. F-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil