Gʻarbiy Bug yoki Bug (polyakcha: Bug, ukraincha: За́хідний Буг, belaruscha: Захо́дні Буг) — Ukraina, Belarus va Polshadagi daryo (koʻp qismi Belarus va Polsha chegarasidan oʻtadi), Visla daryosining oʻng irmogʻi. Uzunligi 831 km, havzasi maydoni 73470 km2. Ukrainaning Lvov viloyatidagi podolsk qirlaridan boshlanadi. Lyub-lin qirlarining sharqiy chekkasi boʻylab va Mazovets — Podlyasa past-tekisligidan oqib oʻtadi. Zegjin suv omboriga quyiladi. Kuzgi yomgʻirlardan toshqinlar sodir boʻladi. Eng sersuv davri — mart, aprel, eng kamsuv davri — sentabr oyi. Dek. — mart oylarida muzlaydi. Pripyat va Neman daryolari bilan kanallar orqali bogʻlangan.

Neris
polyakcha: Bug
ukraincha: За́хідний Буг
belaruscha: Захо́дні Буг
Tavsif
Uzunligi 772
Suv sarfi 110 m³/s
Joylashuvi
Davlat Polsha, Belarus va Ukraina
Gʻarbiy Bug

Oʻrtacha suv sarfi 160 m’/sek. Boshlanishidan 315 km davomida kema qatnaydi. Gʻ.B. sohillarida Brest, Sokal, Chervonograd, Kamenka-Bugskaya, Busk shaharlari joylashgan.