GʻozgʻonOʻzbekistonning Navoiy viloyatidagi shahar (2020-yildan)[1]. Marmarga ishlov berish korxonalari keng tarqalgan. Milliy hunarmandchilik turlaridan sangtaroshlik, yaʼni, toshga bezak berish rivojlangan. Gʻozgʻonda butun Oʻzbekistonga tanilgan sangtaroshlarning bir nechta avlodlari istiqomat qiladi. Jumladan, Abdulahadxon daxmasi, Mirzachorbogʻ qarorgohi, Sitorai Mohi xossa kabi tarixiy obidalar meʼmori sangtarosh Abdurahim Gʻozgʻoniy ham ayni shu shahardan.

Gʻozgʻonga shaharcha maqomi 1975-yilda berilgan. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Navoiy (76 km). Nurota shahridan 17 km gʻarbda. Aholisi 5,9 ming kishi (2004). Gʻozgʻonda qadimdan yuqori sifatli marmar qazib olinadi. Gʻozgʻon marmari maʼmuriy binolar va madaniy obidalarni bezashda ishlatiladi. "Gʻozgʻonmarmar" korxonasi, maktablar, kasalxona va boshqa tibbiy muassasalar bor.

Iqtisodiyoti tahrir

Bu yerda ishlab chiqarishnin eng asosiy turi marmar sanoati hisoblanadi. Gʻozgʻonning marmari Fransiyada oʻtkazilgan xalqaro ko'rgazmada yuqori baholangan. Korxonada ishlab chiqarilgan marmar plitalari Toshkent, Mos-kva, Sankt-Peterburg, Kiyev va boshqa shaharlar metropoliteni, koʻplab meʼmorlik inshootlari qurilishida ishlatilgan. „Gʻozgʻonmarmar“ AJda ishlab chiqarilgan marmar mahsulotlari ichki bozorda sotiladi, shuningdek, Rossiya, Afgʻoniston va Qozogʻistonga eksport qilinadi. Korxonada ishlab chiqarilgan marmar plitalari Toshkent, Moskva, Sankt-Peterburg, Kiyev va boshqa shaharlar metropoliteni, koʻplab meʼmorlik inshootlari qurilishida ishlatilgan.

Manbalar tahrir