Gavana yoki Havana (ispancha: La Habana) – Kubaning poytaxti hamda La Habana provinsiyasining maʼmuriy, muhim iqtisodiy, siyosiy va madaniy markazi.[2] Ushbu shahar Kuba orolining shimoli-gʻarbida, Meksika qoʻltigʻi sohilida joylashgan. Gavana shahar atrofi bilan Katta Gavanani tashkil qiladi. Aholisi esa 2.1 million kishi (2012) ni tashkil etadi.[1][3]

Poytaxt shahar
Gavana
CollageHavana.jpg

La Habana
Bayroq Gerb
Bayroq Gerb
Mamlakat Kuba
Provinsiya La Habana
Mayor Marta Hernández
Asos solingan 1592
Qachondan beri Poytaxt shahar 1902
Maydoni 728.26 km²
Aholisi 2,106,146[1] nafar (2012)
Zichlik 2,892.0 kishi/km²

TarixiTahrirlash

Gavanaga 1515-yilda asos solingan. 1592-yildan shahar va Ispaniya gubernatorining qarorgohi. 16-asr oxiridan Gavana Ispaniyaning Antil orollaridagi eng katta porti boʻlib kelmoqda. 1762-yilda Gavanani va butun Kubani inglizlar bosib oldi. 1763-yilda yana ispanlar qoʻliga oʻtdi. 18—19-asrlarda Gavana Antil orollaridagi qullar bozorining yirik markazi boʻldi. 1902-yildan Kuba Respublikasi poytaxti deb eʼlon qilindi.

TransportiTahrirlash

Gavana mamlakatning eng yirik transport yoʻllari tuguni. Gavana porti orqali Kubaning 3/5 importi va 1/4 eksporti oʻtadi. Shahar asosiy temir yoʻl magistrali va mamlakatni gʻarbdan sharqqa kesib oʻtadigan bosh avtostrada ustida joylashgan. Janubi-gʻarbiy chekkasida José Martí xalqaro aeroporti joylashgan. Gavana mamlakat sanoat mahsulotining qariyb yarmini beradi. Korxonalarning koʻpchiligi esa shahar chetida joylashgan. Toʻqimachilik va oziq-ovqat sanoati koʻproq rivojlangan. Tikuvchilik, metallsozlik, kema remonti, kimyo sanoati korxonalari ham mavjud. Poʻlat quyish, avtoremont, neftni qayta ishlash va b. zavodlar mavjud. Yirik binolari: Milliy kapitoliy, "Gavana Libre" va "Gavana Rivyera" mehmonxonalari. Shuningdek, Gavanadel-Este turar joy rayoni qurilgan.

Gavanada universitet (1728), Fanlar akademiyasi (1962), texnika, qishloq xoʻjaligi, iqdisod, pedagogika institutlari, kutubxonalar, teatrlar bor.

Ahamiyatli kishilarTahrirlash

ManbalarTahrirlash

  1. 1,0 1,1 2012 Official Census.
  2. CIA World Fact Book. CIA World factbook. 28 November 2011.
  3. Inglizcha Latin America Population – Havana city population.

AdabiyotlarTahrirlash

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

HavolalarTahrirlash