Gavharoro begim (forscha: گوہر آرا بیگم "Gavharlar bilan bezatilgan" 1631-yil 17-iyun - tax. 1706) Boburiylar malikasi va imperator Shoh Jahon va uning rafiqasi Mumtoz Mahalning o'n to'rtinchi va kenja farzandi bo'lgan[1].

Gavhararo Begim
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1631-yil 17-iyun
Burhonpur, Hindiston
Vafoti 1706-yil
Dehli, Hindiston
Onasi Mumtoz Mahal
Otasi Shoh Jahon
Dini sunni islom

Uning onasi 1631-yilda uni dunyoga keltirish vaqti vafot etdi. Gavhararo esa tugʻilishdan omon qoldi va yana umr koʻrib, yashadi. U haqida va u otasining taxti uchun vorislik urushida qatnashganmi yoki yo'qmi, kam ma'lumotgina yetib kelgan.

Hayot tahrir

1631-yil 17-iyunda, onasi Mumtoz Mahal vafot etgan kuni tugʻilgan Gavhararo Begim otasi va akasi hukmronligi davrida obroʻsi ancha past boʻlgani ko'rinadi[2]. Dalillar uning to'rtinchi akasi Murod Baxshning merosxo'rlik urushi davrida taxtga da'vogarligini qo'llab-quvvatlagan bo'lishi mumkinligini ko'rsatmoqda. Agar bu rost bo'lsa ham, bunday maʻlumotlar haqiqatga uncha mos kelmaydi, chunki otasi va singlisi Jahonarodan farqli o'laroq, u keyinchalik taxtni egallagan g'olib akasi Avrangzeb tomonidan qamoqqa tashlanmagan[3].

Gavhararo begim otasi taxtdan ketgandan keyin oilaviy sulolasi farzandlarining nikohlarini va toʻy-tantanalarini tashkil qilishda ishtirok etadi. 1673-yilda uning katta akasi Daraning o'g'li Sipihr Shikoh Avrangzebning qizi Zubdat-un- Nisoga uylanganida, Gavhararo va uning amakivachchasi Hamidabonu Begim to'y marosimini o'tkazganlar. U 1672-yilda Daraning nabirasi Salimabonu Begim (Gavhararo uni tarbiyab voyaga yetkazgan) va Avrangzebning to'rtinchi o'g'li shahzoda Muhammad Akbar bilan turmush qurishda katta rol o'ynagan. U kelinning onasi vazifasini bajargan. Toʻy tantanalarini o'tkazish uchun Dehli darvozasidan Begim saroyigacha boʻlgan yoʻlning ikki tomonida (ya’ni yoritish uchun) yog'och konstruksiyalar o'rnatilgan"[2].

Vafoti tahrir

Gavhararo Begim 1706-yilda Shohjahonobodda vafot etadi. O'sha paytda Dekanda hokimlik qilayotgan Avrangzeb uning o'limdan qattiq hayratda qoldi. U doimiy ravishda “Shoh Jahonning barcha bolalari ichida u va men yolgʻiz qoldik”, deb takrorlagani manbalarda keltirilgan[2].

Shajarasi tahrir

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
8. Jaloliddin Muhammad Akbar, Boburiylar imperatori[6]
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
4. Nur-ud-din Muhammad Jahongir, Boburiylar imperatori[5]
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
9. Maryam-uz-Zamoniy[6]
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
2. Shahobiddin Muhammad Shoh Jahon I, Boburiylar imperatori[4]
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
10. Udai Singh, Marvar rojasi[7]
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
5. Jagat Gosain[5]
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
11. Manrang Devi[7]
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
1. Gavhararo Begim
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
12. I'timad-ud-Daulah[9]
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
6. Abu'l-Hasan Asafxon[8]
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
13. Asmat Begim[10]
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
3. Mumtoz Mahal[4]
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
14. Gʻiyos ud-din ʻAli Asafxon[11]
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
7. Divanji Begim[8]
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Yana qarang tahrir

Gavhararo Begim - Ruchir Guptaning "Taxt bekasi" (2014) romanidagi bosh qahramon.

Manbalar tahrir

  1. Tillotson, Giles. Taj Mahal. Profile Books, 2010 — 31 bet. ISBN 978-1-84765-247-8. 
  2. 2,0 2,1 2,2 Sarker, Kobita. Shah Jahan and his paradise on earth: the story of Shah Jahan's creations in Agra and Shahjahanabad in the golden days of the Mughals. K.P. Bagchi & Co., 2007 — 191 bet. ISBN 978-81-7074-300-2. 
  3. Waldemar Hansen. The Peacock Throne: The Drama of Mogul India. Motilal Banarsidass Publ., 1986 — 394 bet. ISBN 978-81-208-0225-4. 
  4. 4,0 4,1 Sarker (2007, s. 187)
  5. 5,0 5,1 Mehta, Jaswant Lal. Advanced Study in the History of Medieval India. Sterling Publishers Pvt. Ltd, 1984 — 418 bet. ISBN 978-81-207-1015-3. 
  6. 6,0 6,1 Mehta (1984, s. 374)
  7. 7,0 7,1 Bhargava, Visheshwar Sarup. Marwar and the Mughal Emperors (A. D. 1526–1748). Munshiram Manoharlal, 1966 — 58 bet. ISBN 9788121504003. 
  8. 8,0 8,1 Thackeray, Frank W.; Findling, John E.. Events That Formed the Modern World: From the European Renaissance through the War on Terror [5 volumes]: From the European Renaissance through the War on Terror. ABC-CLIO, 2012 — 254 bet. ISBN 978-1-59884-902-8. 
  9. Parihar, Subhash. Some Aspects of Indo-Islamic Architecture. Abhinav Publications, 1999 — 149 bet. ISBN 978-81-7017-381-6. 
  10. Shujauddin, Mohammad; Shujauddin, Razia. The Life and Times of Noor Jahan (en). Caravan Book House, 1967 — 1 bet. 
  11. Ahmad, Moin-ud-din. The Taj and Its Environments: With 8 Illus. from Photos., 1 Map, and 4 Plans (en). R. G. Bansal, 1924 — 101 bet.