Gemartroz (gemo... va yun. arthron — boʻgʻim) — boʻgʻim boʻshligʻiga qon quyilishi. Koʻpincha boʻgʻimning ochiq yoki yopiq shikastlanishi (boylamlarning choʻzilishi va uzilishi, boʻgʻim ichidagi siniq va sh. k., hatto lat yeyish) sabab boʻladi. Gemorragik diatez, shuningdek operatsiyadan keyin ham G. roʻy beri sh i mumkin. G. tizza, boldir-panja, tirsak, bilak-kaft usta boʻgʻimlarida koʻproq kuzatiladi. Belgilari: boʻgʻim shishib, kattalashadi, bezillab turadi, harakat qiyinlashadi. G.ni faqat vrach davolaydi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil