Generator lampa — yuqori chastotali tebranishlarni hrsil qiluvchi va kuchaytiruvchi elektr-vakuum asbob. Ish chastotasiga kura, past chastotali (/^ax<200 kGs), uzun va qisqa toʻlqinli (/^>x<25 MGs), ultraqisqa toʻlqinli (Upax<600 MGs) va desimetr-santimetrli (4„^600 MGs) xillarga boʻlinadi. Generator lampa kuchaytirgich elektron lampalar kabi ishlaydi, lekin tuzilishiga kura ayrim xususiyatlari bilan ulardan farq qiladi. Generator lampalarni loyihalash jarayonida ularda ajraladigan issiklik energiyasini kamaytirish muammosini hal qilish talab etiladi. Ayniqsa generator lampa elektrodlarida ajraladigan bir necha 100 kVt energiyani eng kam miqdorgacha pasaytirish katta muammo. Shuning uchun ham bunda sunʼiy sovitish usullaridan keng foydalaniladi. Kuchli generator lampa (100 kVt gacha), havo yordamida, suv yordamida sovitiladi. Generator lampalarning anodi ochiq silindr yoki toʻgʻri burchakli parallelepiped koʻrinishida boʻlib, molibden, tantal, niobiy va qotishmalardan yasaladi. Yuqori quvvatli generator lampalarning anodi stakan koʻrinishida yasaladi. Oʻta yuqori chastotali generator lampalarning anodi esa koʻpchilik hollarda sterjen koʻrinishida boʻladi. Generator lampalarning qobiqlari shisha, keramika, metall, metall-shisha va metall-keramikadan tayyorlanadi. Generator lampa triod, tetrod va pentod lampalar asosida yaratiladi. Kombinatsiyey generator lampalar: ikkilangan triodlar, ikkilangan tetrodlar, ikkilangan pentodlar ikki taktli generatorlarda foydalaniladi. Triodpentod asosida yaratilgan generator lampalar ham ishlatiladi. Yangi turdagi generator lampa — magnetron, klistron va b. ham yaratilgan. Ularda elektron optika usullaridan foydalanish natijasida elektrodlararo tok taqsimoti ancha yaxshilandi, elektrodlarda ajraladigan energiya ancha kamaytirildi, lampalarning foydali ish koeffitsiyenti oshirildi. Generator lampalar turli radiouzatgich qurilmalarda, radio-eshittirish, radionavigatsiya, radioastronomiya, radiometeorologiya, radiogeologiya, radioboshqaruv, radioaloqa, televideniye, yuqori chastotalar texnikasi va maxsus radioelektron qurilmalarda ishlatiladi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil