Genri Jozef

amerikalik fizik

GENRI (Henry) Jozef (1797.17.12, Olbani — 1878.13.5, Vashington) — amerikalik fizik. AQSH Milliy FA aʼzosi va prezidenti (1868 y.dan). Elektromagnetizm taraqqiyotiga katta hissa qoʻshgan. 1828 y.da birinchi marta katta quvvatli elektromagnitlar va elektr dvigatellar yaratgan, oʻzinduksiya hodisasini kashf etgan (1832, M. Faradeydan mustaqil holda), kondensator razryadining tebranma tabiatini aniqlagan (1842). Induktivlik birligi — genri uning nomiga qoʻyilgan.

AdabiyotlarTahrirlash

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil