Henrix Mxitaryan

armanistonlik futbolchi
(Genrix Mxitaryandan yoʻnaltirildi)

Henrix Gamletovich Mxitaryan (arm. Հենրիխ Համլետի Մխիթարյան; 1989-yil 21-yanvarda tugʻ., Yerevan, Armaniston SSR, SSSR) — armanistonlik futbolchi, yarimhimoyachi. Armaniston terma jamoasining sobiq futbolchisi va sobiq sardori. Armaniston va Ukrainaning ko'p karra chempioni, Armanistonda yilning eng yaxshi futbolchisi sifatida o'n marta tan olingan. Armaniston terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to'purar. 2017–yilda 1-darajali “Vatan oldidagi xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangan[3].

Henrix Mxitaryan
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Henrix Gamletovich Mxitaryan
Tavallud sanasi 21-yanvar 1989-yil ( 1989-01-21) (35 yosh)
Tavallud joyi YerevanArmaniston SSR, SSSR
Boʻyi 177 sm[1]
Ampluasi yarimhimoyachi
Laqabi "Miki"[2]
Vazni 75 kg[1]
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Italiya bayrogʻiInter
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1995 — 2006 Pyunik
2003  Braziliya bayrogʻiSan-Paulu
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2006 — 2009 Pyunik (70 (30))
2009 — 2010 Ukraina bayrogʻiMetallurg (Donetsk) (37 (12))
2010 — 2013 Ukraina bayrogʻiShaxtyor (Donetsk) (72 (38))
2013 — 2016 Olmoniya bayrogʻiBorussiya (Dortmund) (90 (23))
2016 — 2018 Angliya bayrogʻiManchester Yunayted (39 (5))
2018 — 2020 Angliya bayrogʻiArsenal (39 (8))
2019 — 2020  Italiya bayrogʻiRoma (22 (9))
2020 — 2022 Italiya bayrogʻiRoma (65 (18))
2022 — ... Italiya bayrogʻiInter (0 (0))
Milliy terma jamoa
2006 — 2007 Armaniston (17 yoshgacha) (5 (1))
2007 — 2008 Armaniston (19 yoshgacha) (6 (1))
2008 — 2010 Armaniston (21 yoshgacha) (13 (9))
2007 — 2021 Armaniston (95 (32))
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

"Pyunik" tarkibida u to'rtta Armaniston chempioni unvonini qo'lga kiritdi, 2009-yilda Donetskning "Metallurg" klubiga, 2010-yilda esa "Shaxtyor"ga 6,1 million evro evaziga o'tdi. «Shaxtyor»da 2012/13-yilgi mavsumda urilgan gollar soni bo'yicha rekord o'rnatdi va chempionatda yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. U Bundesliganing "Borussiya Dortmund" klubi bilan rekord darajadagi 27,5 million evro evaziga shartnoma imzoladi va barcha davrlarning eng qimmat arman futbolchisiga aylandi.

U yerda u 2014-yilda Germaniya Superkubogini qo'lga kiritdi va keyingi mavsumda u Bundesligada 15 ta golli uzatma bilan eng ko'p golli uzatmani amalga oshirdi, bu natija bo'yich Yevropada ikkinchi o'rinni egalladi. Keyin u £30 million (€34,3 million) evaziga «Manchester Yunayted»ga o‘tib, APLda o‘ynagan birinchi armanistonlik bo‘ldi. U Angliya Superkubogini qo'lga kiritdi va UEFA Yevropa Ligasida g'alaba golini kiritdi. Mxitaryanning keyingi yomon sport formasi uni 2018-yilda «Arsenal» bilan, keyinroq esa A Seriyaning «Roma» klubi bilan ijara asosida shartnoma imzolashga olib keldi. U 2020-yilda doimiy asosda shartnoma imzolagan. 2022-yilda u UEFA Konferentsiyalar Ligasida zafar quchdi.

U 2007-2021-yillarda o'z mamlakati terma jamoasida o'ynagan. U Armanistonning barcha davrlardagi eng yaxshi to'purari bo'lib, 95 o'yinda 32 ta gol urdi va terma jamoaning birinchi xet-trikiga amalga oshirishga erishdi. U o'n marta Armanistonda yilning eng yaxshi futbolchisi deb tan olingan, 2009-yildan buyon har yili (2010 va 2018-yillar bundan mustasno) ushbu mukofotni oladi. Shuningdek, u 2012 va 2013-yillarda MDHda yilning eng yaxshi futbolchisi sifatida eʼtirof etilgan va postsovet davlatlarining eng yaxshi futbolchisi sifatida eʼtirof etilgan birinchi arman futbolchisi boʻlgan[4][5].

Statistikasi tahrir

Klub tahrir

2022-yil 25-may holatiga koʻra
Klub, mavsum va musobaqalar bo'yicha oʻyinlar va gollar
Jamoa Mavsum Liga Milliy Kubog Liga Kubogi Yevrokuboklar Boshqa Jami
Divizion Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Pyunik 2006 Armaniston Premyer Ligasi 12 1 0 0 12 1
2007 Armaniston Premyer Ligasi 24 12 0 0 4 0 28 12
2008 Armaniston Premyer Ligasi 24 6 5 3 2 0 31 9
2009 Armaniston Premyer Ligasi 10 11 6 2 16 13
Jami 70 30 11 5 6 0 87 35
Metallurg Donetsk 2009–10 Ukraina Premyer Ligasi 29 9 2 1 6 4 37 14
2010–11 Ukraina Premyer Ligasi 8 3 0 0 8 3
Jami 37 12 2 1 6 4 45 17
Shaxtyor Donetsk 2010–11 Ukraina Premyer Ligasi 17 3 3 1 7 0 27 4
2011–12 Ukraina Premyer Ligasi 26 10 4 1 6 0 1 0 37 11
2012–13 Ukraina Premyer Ligasi 29 25 4 2 8 2 1 0 42 29
Jami 72 38 11 4 21 2 2 0 106 44
Borussia Dortmund 2013–14 Bundesliga 31 9 5 2 10 2 0 0 46 13
2014–15 Bundesliga 28 3 6 1 7 0 1 1 42 5
2015–16 Bundesliga 31 11 6 5 15 7 52 23
Jami 90 23 17 8 32 9 1 1 140 41
Manchester United 2016–17 APL 24 4 3 1 2 0 11 6 1 0 41 11
2017–18 APL 15 1 1 0 1 0 4 1 1 0 22 2
Jami 39 5 4 1 3 0 15 7 2 0 63 13
Arsenal 2017–18 APL 11 2 6 1 17 3
2018–19 APL 25 6 0 0 3 0 11 0 38 6
2019–20 APL 3 0 3 0
Jami 39 8 0 0 3 0 17 1 59 9
Roma (ijara) 2019–20 Serie A 22 9 0 0 5 0 27 9
Roma 2020–21 Serie A 34 13 1 1 11 1 46 15
2021–22 Serie A 31 5 2 0 11 0 44 5
Jami 87 27 3 1 27 1 117 29
Inter 2022–23 Serie A 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0
Karyera davomida umumiy 434 143 48 19 6 0 124 24 5 1 617 187

Xalqaro tahrir

Terma jamoa va yil bo'yicha oʻyinlar va gollar
Terma jamoa Yil Oʻyin Gollar
Armaniston 2007 2 0
2008 5 0
2009 7 1
2010 5 3
2011 8 4
2012 8 2
2013 8 2
2014 7 4
2015 6 0
2016 5 3
2017 9 6
2018 10 1
2019 6 3
2020 2 1
2021 7 2
Jami 95 32

Erishgan yutuqlari tahrir

Pyunik

  • Armaniston Premyer Ligasi: 2006, 2007, 2008, 2009
  • Armaniston Kubogi: 2009
  • Armaniston Superkubogi: 2007, 2008

Shaxtyor Donetsk

  • Ukraina Premyer Ligasi: 2010/11, 2011/12, 2012/13
  • Ukraina Kubogi: 2010/11, 2011/12, 2012/13
  • Ukraina Superkubogi: 2012

Borussia Dortmund

  • DFL-Supercup: 2014

Manchester United

  • Angliya Liga Kubogi: 2016/17
  • Angliya Superkubogi: 2016
  • UEFA Yevropa Ligasi: 2016/17

Roma

  • UEFA Yevropa Konfensiyalar Ligasi: 2021–22


Shaxsiy

  • Armanistonda yilning eng yaxshi futbolchisi: 2009, 2011, 2012, 2013, 2014, 2015, 2016, 2017, 2019, 2020
  • Boltiqbo'yi va Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligida yilning eng yaxshi futbolchisi: 2012, 2013
  • Ukraina Premyer Ligasining eng yaxshi futbolchisi: 2012/13
  • Ukraina Premyer Ligasining eng yaxshi toʻpurari: 2012/13
  • Ukraina Premyer Ligasida yilning eng yaxshi futbolchisi: 2012
  • Bundesligada oyning eng yaxshi futbolchisi: 2016 aprel
  • Bundesliganing eng yaxshi assistenti: 2015/16
  • Bundesliga mavsum ramziy terma jamoasi aʼzosi: 2015/16
  • DFB-Pokal eng yaxshi toʻpurari: 2015/16
  • Bundesliganing eng yaxshi futbolchisi: 2015/16
  • APL da oyning eng chiroyli goli: 2016 dekabr
  • Angliya Liga Kubogining eng yaxshi assistsenti: 2016/17
  • Manchester Unitedning mavsumdagi eng chiroyli goli: 2016/17
  • UEFA Yevropa Ligasi mavsum ramziy terma jamoasi aʼzosi: 2016/17

Manbalar tahrir