Gidrogenlash (hydrogenium — vodorod) — oddiy moddalar (kimyoviy elementlar)ga yoki murakkab birikmalarga katalizatorlar ishtirokida vodorod biriktirish reaksiyasi. Kimyoviy birikmalardan vodorodni ajratish — degidrogenlash esa G.ning aks reaksiyasidir. G. va degidrogenlash organik moddalarni katalizatorlar ishtirokida sintez qilishning muhim usullari boʻlib, oksidlanish-qaytarilish reaksiyalariga asoslangan. Bu reaksiyalar sanoatda ulkan reaktorlarda olib boriladi. Yogʻlar va kumirni G. shular jumlasiga kiradi. Boshqa qator reaksiyalarda G. va degidrogenlash reaksiyalari mujassamlashgan holda amalga oshiriladi. Etil spirtning katalizatorlar ishtirokida atsetaldegidga aylanishidan iborat qaytar reaksiya bunga misol boʻla oladi.

T-ra koʻtarilganda va N2 bosimi pasayganda atsetaldegid, aks holda etil spirti hosil boʻladi. G. va degidrogenlashda baʼzi metallar (Fe, Ni, Co, Pt, Os va h.k.), oksidlar (NiO, CoO, Sg2O3, MoO2 va h.k.), shuningdek sulfidlar (WS2, MoS2, CrnSm) katalizatorlar boʻlib xizmat qiladi.

G. va degidrogenlash sanoatda keng qoʻllaniladi. Masalan, koʻpgina kimyo korxonalariga xom ashyo boʻladigan va erituvchi hisoblanadigan metil spirt uglerod monoksidini pyx-xrom oksidlari (katalizator) ishtirokida gidrogenlab olinadi. Boshqa katalizatorlar ishlatilganda, yuqori spirtlar ham shu usul bilan olinadi. Margarin i.ch. yogʻlarni G.ga asoslangan. Kapron, anid (naylon) va b. materiallar ishlab chiqarila boshlashi munosabati bilan oraliq mahsulotlar (fenoldan siklogeksonal, adipin kislota dinitrilidan geksametilendiamin va anilindan siklogeksilamin) olishda G.dan keng foydalaniladi. SO ni turli katalizatorlar ishtirokida gidrogenlab, benzin, qattiq parafinlar yoki kislorodli organik birikmalar olish mumkin. Yuqori bosim ostida azot bilan vodorodni oʻzaro taʼsir ettirib, ammiakni sintezlash ham G.dir. G. monomerlar sanoatida kauchuk va smolalarsh sintez qilishda keng qoʻllaniladi. Sintetik polimerlar i.ch.da, stirol va uning hosilalarini olishda, alkilaromatik uglevodorodlardan — etilbenzolni stirolga, izopropilbenzolni metilstirolga aylantirishda degidrogenlashning ahamiyati katta.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil