Gnus (rus— chaqadigan hasharotlar) — qon soʻruvchi ikki qanotli hasharotlarning umumiy nomi; chivinlar, zaxkash chivinlar, iskabtoparlar, bukri pashshalar, qashqa pashshalar, soʻnalar kiradi. G.ning yashash sharoitiga qarab turlariningtarkibi oʻzgarib turadi. Yer sharining togʻ choʻqqilari va Arktikadan tashqari hamma joyida tarqalgan. G. botqokliklar, hayvon chiqindilari, kemiruvchilar ini va b. zax joylarga tuxum qoʻyadi. Odam va hayvonlarga turli yuqumli kasalliklar (bezgak, teri yarasi, yapon ensefalita, tulyayeremiya, kuydirgi, onxotserkoz)ni yuqtiradi. G. qon soʻrganida odam va hayvonlarga tinchlik bermaydi, hayvonlarning mahsuldorligi kamayadi. Saqlanish choralari: G. tarqalgan joylarda yuz va tananing ochiq joylariga niqob tutib olinadi, badanga di.metilftolat, repudin, dietil-toluamid kabi repellentlar suriladi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil