Golnoosh Khosravi (2001-yil 12-mayda tugʻilgan) — Eronlik futbolchi, qanot himoyachisi. U Eron ayollar futbol jamoasi va Bam Khatoon FC klubi a'zosi. 2019-yilda, 18 yoshida, u Turkiya ayollar futboli oliy ligasida o‘ynash uchun Turkiyaning Konak Belediyespor jamoasiga o‘tib, xorijdagi futbol ligasida o‘ynagan eng yosh Eronlik ayol futbolchiga aylandi.[1]

Golnoosh Khosravi
Golnoosh Khosravi Eron Milliy Jamoasida o'ynamoqda
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Golnoosh Khosravi
Tavallud sanasi 12-may 2001-yil (2001-05-12) (22 yosh)
Tavallud joyi Shahin Shahr, Eron bayrogʻi Eron
Boʻyi 1.71 m
Ampluasi Qanot o'yinchisi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Bam Khatoon
Raqami 21
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
Zob Ahan Isfahan
2019 Konak Belediyespor
2021 Bam Khatoon
Milliy terma jamoa
Iran U14
Iran U16
Iran U20 7
2021- Iran 5 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Yoshligi tahrir

Golnoosh Khosravi 2001-yilda Isfahanning Shahinshahr shahrida yolg‘iz farzand bo‘lib dunyoga kelgan. U otasidan ayrilib, onasi bilan davom yashashda davom etdi.[2]

Karyera tahrir

Khosravi futbol maydoniga 10 yoshida kirib kelgan. U 14 yoshida Zob Ahan Isfahan bilan birga edi.[3] 2019-yil avgust oyida Khosravi Turkiyaning Konak Belediyespor jamoasi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi va Turkiya ayollar futboli oliy ligasida o‘ynay boshladi, bu esa uni xorijda o‘ynagan eng yosh eronlik ayol futbolchiga aylantirdi.[4] U Konak Belediyesporda o'ng yarim himoyachi va chap yarim himoyachi sifatida o'ynagan.[3] Jismoniy o'xshashligi va tezkor o'yin uslubi tufayli uni Neymar bilan solishtirishdi.[3][5][6]

Turkiyadagi COVID-19 pandemiyasi tufayli Khosravi oilasidan uzoqda Turkiyada karantinga olingan va Turkiya ligasida 10 oylik o‘ynaganidan keyin Eronga qaytib kela olmadi va 19 yoshga to'lganiini yolg‘iz nishonladi.[7][8] Eronga qaytgach, u Eron terma jamoasi lagerida mashg'ulotlarni boshladi.[9]

2021-yilda Khosravi Eron ayollar terma jamoasida o‘ynagan va 2022-yilgi Osiyo Kubogi saralash bosqichi o‘yinlarida Eron sharafini himoya qilgan.[10][11]

Keyinchalik 2021-yilda u Eronning eng nomdor ayollar futbol jamoasi bo'lgan Bam Khatoon futbol klubiga qo'shildi.[12]

Xalqaro gollar tahrir

Raq. Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1. 2021-yil 22-sentyabr Milliy stadioni, Toshkent, O'zbekiston   Bangladesh 2 – 0 5–0 2022-yilgi ayollar o'rtasidagi Osiyo kubogi saralashi

Manbalar tahrir

  1. „GOLNOOSH KHOSRAVI - Player Details TFF“.
  2. „سختی‌های زندگی گلنوش خسروی، نیمار ایرانی“ (fa). رادیو فردا. Qaraldi: 2021-yil 15-may. "سختی‌های زندگی گلنوش خسروی، نیمار ایرانی". رادیو فردا (in Persian). Retrieved 15 May 2021.
  3. 3,0 3,1 3,2 „سختی‌های زندگی گلنوش خسروی، نیمار ایرانی“ (fa). رادیو فردا. Qaraldi: 2021-yil 15-may.
  4. „Iranian girl Golnoosh Khosravi joins Konak Belediyespor“ (en). Tehran Times (2019-yil 12-avgust). Qaraldi: 2021-yil 15-may.
  5. „نیمار مونث به لالیگا می‌رود؟ مقصد: اسپورتینگ اوئلوا!“. ورزش سه. Qaraldi: 2021-yil 15-may.
  6. „مراسم استقبال از خانم لژیونر؛ از فرودگاه تا همایش (عکس)“. ورزش سه. Qaraldi: 2021-yil 15-may.
  7. „گفتگوی ویژه با جوان‌ترین لژیونر فوتبال بانوان“. ورزش سه. Qaraldi: 2021-yil 15-may.
  8. „جشن تولد قرنطینه‌ای خانم لژیونر“. ورزش سه. Qaraldi: 2021-yil 15-may.
  9. „عکس یادگاری خانم لژیونر با سرمربی تیم ملی (عکس)“. ورزش سه. Qaraldi: 2021-yil 15-may.
  10. „The AFC“ (en). the-AFC. Qaraldi: 2021-yil 6-noyabr.
  11. „Iran beat Bangladesh at AFC Women's Asian Cup 2022 Qualifiers“ (en). Tehran Times (2021-yil 22-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 6-noyabr.
  12. „اتفاق تلخ برای ستاره فوتبال زنان ایران“. ورزش سه (2021-yil 22-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 6-dekabr.

Havolalar tahrir