Gordon Banks (inglizcha: Gordon Banks)-ingliz futbolchisi va darvozaboni.Gordon 1937-yil 30-dekabrda Angliyaning Sheffild shaxrida tugʻilgan.1966-yilgi jahon chempionatida terma jamoa tarkibida chempion boʻlgan.1962 va 1970-yillarda jahon chempionatlarida qatnashgan.Jahon futboli mutaxassislari oʻrtasida oʻtkazilgan Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi IFFHS referendumiga koʻra XX-asrning eng kuchli darvozabonlari roʻyxatida Lev Yashindan keyingi oʻringa qoʻyilgan.

Tarjimai holi Tahrirlash

Gordon Birmingem shimolidagi Staffordshir shahridagi Tamuert shaxarchasida oddiy ishchi oilasidan.Maktabda oʻqib yurgan chogʻida poʻlat quyish sexida shogird boʻlib ishlagan.Darvozabon sifatida debyuti 15 yoshida boʻlgan.Uning ilk jamoasi Sheffild poʻlat quyish zavodining „Millspaut“ jamoasi edi.Bir yil oʻtgach u „Roumarsh Velfer“ ga oʻtdi.U xam ishchi klub edi.Lekin Yorkshir mintaqaviy havaskorlar ligasida oʻynadi.U tezda „Roumarsh“dan chetlatildi.Sababi 2 ta oʻyinda 15 ta gol oʻtkazib yuborgan edi.

1955-yilda u Angliyaning uchunchi divizion klubi „Chesterfild“ga taklif qilindi.Bir yil oʻtgach „Chesterfild“ning yoshlar tarkibida shu toifadagi Angliya kubogi finalchisiga aylandi.Oʻsha vaqtda unga haftasiga 2 funt maosh berishardi.

18 yoshida Banks armiyaga chaqirilib,Germaniyada xizmat qildi. U yerda keyinchalik uning xotini boʻlgan Ursula ismli qiz bilan uchrashdi.

1959-yilning may oyida premyer liga klubi „Lester Siti“ uni 7 ming funtga sotib oldi.1962-yilning yoziga kelib, Banks Tumanli Albiondagi eng kuchli uchta darvozabondan biri edi.

1967-yil aprelda Banks „Stok Siti“ga koʻchib oʻtdi."Lester"dagi darvozabonlik lavozimi Banksdan Piter Shiltonga oʻtdi.Shuningdek, Angliyaning barcha davrlaridagi ikkita eng koʻzga koʻringan darvozabonlarining umumiy jihati shundaki,Shilton 1975-yilda „Lester“dan „Stok Siti“ga koʻchib oʻtgan va Banks Angliya terma jamoasidan ketganidan keyin uning oʻrnini Shilton egallagan.Shu tariqa Shilton Benksning oʻrnini uch marta egallash imkoniyatiga ega boʻldi.

Banks 34 yoshida u 1972-yil 22-oktabrda avtohalokatda oʻng koʻzidan ayrilgan.Uyidan 5 milya uzoqlikdagi Eshli Xitda ketayotganda yuk mashinasi bilan avtohalokatga uchraydi.Avtohalokat aybdori ham jazolanadi."Qoʻrquv va ogʻriqdan baqirganimni eslayman.Keyin uygʻonganimda birinchi boʻlib oʻz qonning hidi va taʼmini his qildim."Jarrohlar unga 108 ta chok qoʻyishdi.Shifokorlar Banksning oʻng koʻzini olib tashlashga qaror qilishdi.Chunki oʻng koʻzi ichida avtomobil old oynasining boʻlagi tiqilib qolgan edi.

Jarrohlikdan soʻng Banksni fransuz flotini magʻlub etgan bir koʻzli admiral Gorasio Nelsonga oʻxshatishni boshlashdi.Yangi laqabi eskisiga alamshib uni Fernandel deya atay boshlashdi.Yoshligida doʻstlari ham uni shunday chaqirishardi, chunki Gordonning tashqi koʻrinishi fransuz komediyachisiga oʻxshab ketardi.

1977-yilda Banksga AQSHning „Fort-Lauerdeyl Strikers“dan oʻynash uchun taklif keldi.Oʻzining birinchi yilida u Shimoliy Amerika futbol ligasining eng yaxshi darvozaboni deb topildi.Biroq AQSHdagi hayot tarzi Banksga yoqmadi.

1978-yilda Banks AQShdan Angliyaga qaytib keldi.1979-yil oxirigacha u „Port-Veyl“ga murabbiylik qildi.1980-yil yanvarida „Telford Yunayted“ga bosh direktor etib tayinlandi.1982-yilda qisqa muddatga darvozabonlar murabbiyi sifatida „Stok Siti“ga qaytdi.

Gordon Banks umrining oxirigacha Meydli shaharchasida (Cheshir grafligi) yashagan.

Shahsiy hayot Tahrirlash

Banksning xotinining ismi Ursula. Ularning uchta farzandi bor-Robert (1958-yilda tugʻilgan),Vendi (1963-yilda tugʻilgan) va Juliya (1969-yilda tugʻilgan).Futbolchining doʻstlari uni „juda vazmin, xushmuomala inson“ deb taʼriflaydi.Banks IFFHS referendumi natijalariga koʻra XX-asr darvozabonlari orasida 2-oʻrinni oldi.Undan jahonda faqat Lev Yashin yaxshiroq edi.

Terma jamoada Tahrirlash

U milliy terma jamoadagi ilk oʻyini 1963-yil 6-aprelda Shotlandiya terma jamoasiga qarshi oʻtkazdi.U darhol Ron Springettni zaxiraga joʻnatdi.1966-yilgi jahon chempionatida Gordonning faoliyatidagi eng yaxshi yili boʻldi. Oltin medalga ega boʻlgan Gordon musobaqaning eng yaxshi darvozaboni va 441 daqiqalik „quruq“ seriyali rekordni ham qoʻshdi.U musobaqadagi oʻtkazib yuborgan birinchi golini yarim finalda Portugaliya bilan oʻyinda Eysebiodan unda ham penaltidan oʻtkazib yuborgan edi.U „quruq“ seriyasi bilan afsonaviy braziliyalik darvozabon Jilmarning 1958-yili jahon chempionatida oʻrnatgan rekordini yangiladi.Bu rekord Zepp Mayer yangilamaguncha 12 yil davomida saqlanib qoldi.Terma jamoadagi soʻnggi oʻyini 1972-yil 27-mayda Shotlandiyaga qarshi boʻlgan.

Yutuqlar Tahrirlash

Jamoaviy yutuqlar Tahrirlash

Angliya terma jamoasida
"Lester Siti"
"Stok Siti"

Shaxsiy yutuqlar Tahrirlash

  • IFFHS tomonidan XX-asrdagi jahonning eng yaxshi 2-darvozaboni
  • France Football tomonidan tarixdagi jahonning eng yaxshi 2-darvozaboni[1]
  • Futbol jurnalistlari uyushmasi talqini boʻyicha eng yaxshi futbolchi-1972
  • 2004-yil martda Pele tomonidan FIFA 100 roʻyxatiga kiritildi
  • 1966-yil u tomonidan ketma-ket 7 oʻyinda „quruq“ seriya qayd etilgan.Angliya terma jamoasi tarixida hali hech bir darvozabon shuncha vaqt bu rekordni yangilab darvozani goldan saqlab qolmagan.
  • 1970-yilgi jahon chempionatida Pelening zarbasini qaytarish chogʻidagi seyvi nafaqat jahon chempionatlari tarixida eng yaxshisi balki dunyo futboli tarixida eng yaxshisi hisoblanadi.
  • 1970-yilda hukumat Banksni Britaniya imperiyasi zobiti unvonini berdi.Bu unvon 5 bosqichlik zobitlikni ikkinchi bosqichi edi.
  • 40 yoshida bir koʻzi bilan NASL ning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Oʻyinlari

  • Barcha chempionatlarda (Angliya,AQSh)-526ta oʻyinda 788 ta oʻtkazilgan gol
  • Angliya kubogida-29 ta oʻyinda 31 ta oʻtkazilgan gol
  • Yevrokuboklarda-5 ta oʻyinda 6 ta oʻtkazilgan gol

Manbalar Tahrirlash

2.Rasmiy sayt(ingl.) )

3.EnglandFootballOnline.com saytidagi profil(ingl.) )

4.Milliy futbol muzeyi veb-saytidagi profil(ingl.) )