Griffit Deyvid Uork

GRIFFIT (Griffi th) Deyvid Uork (1875.22.1, La Greynj - 1948.23.7, Gollivud) — amerika kinorejissyori. AQSH kinosida aktyorlik maktabiga asos solgan. Kinoda 1907-yildan ishlagan. 1913-yildan Gollivudda ijod qilgan. Muqim va tushunish oson boʻlgan usul sifatida parallel montaj va yirik planni birinchi boʻlib qoʻllagan, kinoni suratga olish texnikasini qayta qurgan. G.ning gʻoyaviy jihatdan bir-biriga qaramaqarshi ijodi namoyon boʻlgan: "Millatning tugʻilishi"da irqchilik tendensiyasi ilgari surilgan boʻlsa, "Jahon yuragi" filmida esa oq va qora tanlilar birligi olqishlanadi. "Chidamsizlik" kinosida axloq-odob va etik muammolar koʻtariladi. Shuningdek, "Sindirilgan novdalar", "Sharq tomon yoʻl", "Ikki yetimcha" filmlari ham G. ijodida alohida oʻrin tutadi. 1931-yil kinoni tark etgan.

AdabiyotlarTahrirlash

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil