Guaxiro, goaxiro (oʻzlarini vayuu deb atashadi) — aravak guruhiga mansub indeys xalqi. Guaxira yarim orolda yashaydilar. Kolumbiyada — 200 ming kishi, Venesuelada — 65 ming kishi, Panama va Antil orollarida oz guruhi yashaydi (1990-yillar oʻrtalari). Asosan, anʼanaviy diniy eʼtiqod saqlangan, katoliklar ham bor.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil