Gulchorbogʻ saroyi (yoki Gul chorbogʻ saroyi; taxminan 1895—1905-yillar oraligʻida qurilgan) — Buxoro amiri Abdulahadxon tomonidan Karmanada qurdirilgan saroy. Atrofi gulzor va daraxtzor bogʻ boʻlgan. Hozirgi Karmana shaharchasining sharqiy chegarasida, „Oftobjon“ (sobiq „Malchish Kibalchish“) oromgohi oʻrnida qurilgan. Hozirgi kungacha saqlanib qolmagan[1].

Gulchorbogʻ saroyi
Umumiy maʼlumot
Maqomi saqlanmagan
Turi saroy
Shahar Karmana
Mamlakat Oʻzbekiston
Koordinatalar 40°08′08″N 65°23′07″E / 40.13567387513264°N 65.3854000496508°E / 40.13567387513264; 65.3854000496508 G OKoordinatalari: 40°08′08″N 65°23′07″E / 40.13567387513264°N 65.3854000496508°E / 40.13567387513264; 65.3854000496508 G O
Qurilishi boshlangan 1895-yil
Qurilishi tugagan 1905-yil
Map
Gulchorbogʻ saroyining oʻrni xaritada

Tavsifi tahrir

Gulchorbogʻning maydoni taxminan 3 gektarga yaqin boʻlgan[2] (boshqa bir manbada taminan 5 gektar boʻlgani aytiladi[3]). Atrofi 7 paxsali baland devorlar bilan oʻralgan. Saroy qoʻrgʻonining toʻrt tomonida darvozalari boʻlib, qoʻrgʻon ichida turli manzarali va mevali daraxtlar, gullar oʻtqazilgan. Saroy bogʻida ekilgan turli-tuman gullar koʻpgina xorijiy mamlakatlardan keltirilgan[4].

Bogʻda mevali daraxlardan asosan anjir, anor va oʻrik yetishtirilgan[3].

Bogʻ markazidan oʻrin olgan saroyda amir dam oladigan, yuksak martabali mehmonlarni kutadigan xonalar boʻlgan. Gulchorbogʻ saroyi xuddi Mirzo chorbogʻ, Charmgar chorbogʻ saroylari kabi bezatilgan[5].

Saroy bogʻining turli joylarida 7 ta hovuz boʻlgan. Ularning atrofi ham turli gullar, tol va chinor daraxtlari bilan oʻralgan[3][5].

Ushbu saroy va bogʻ bugungi kungacha saqlanib qolmagan, SSSR davrida saroy butkul buzilib, oʻrnida „Malchish Kibalchish“ bolalar dam olish oromgohi qurilgan[3][5].

Manbalar tahrir

  1. Hotamov, Halilov 1995, s. 28.
  2. Hotamov, Halilov 1995, s. 28–29.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 Hotamov, Bekniyozov 2007, s. 25.
  4. Hotamov, Halilov 1995, s. 28-29.
  5. 5,0 5,1 5,2 Hotamov, Halilov 1995, s. 29.

Adabiyotlar tahrir

  • Hotamov A., Halilov Sh.. Yillar sadosi. Toshkent: Adolat, 1995 — 72 bet. 
  • Hotamov A., Bekniyozov N.. Karmana — qadimiy diyor. Toshkent: Oʻzbekiston, 2007 — 152 bet. ISBN 978-9943-01-070-3.