Guldursun qalʼasi – Qoraqalpogʻistonning Toʻrtkoʻl shahridan 9 km shimolda joylashgan qalʼa harobasi (miloddan avvalgi II-I asr – milodiy XIII asr boshi)[1]. Bu Xorazmning eng yirik qalʼalaridan biri boʻlib, devorlarining umumiy uzunligi 1 kilometrga yaqin, ichki maydoni esa taxminan 6,4 gektar (64 ming kvadrat metr yoki 15,8 akr) ni tashkil qiladi. Toʻgʻri toʻrtburchak tarhli (maydoni 35 ga), shinakli va burjli 2 qator paxsa devori boʻlgan. Hozirgi Oʻzbekistondagi „Ellik qalʼa vohasi“ tarkibiga kiradi[2]. Oxirgi marta Xorazmshoh Muxammad II (1169, 1200—1220), Xorazmlar imperiyasining moʻgʻullar istilosi qoʻliga tushgunga qadar egallagan. Milodiy V asrda nomaʼlum sabablarga koʻra, vayrona holiga kelgan. Taxminan XII asr 1-yarmida qayta tiklanib, xorazmshohlar davlatining dasht chegarasidagi muhim istehkomi hisoblangan. XIII asr boshida moʻgʻullar tomonidan butunlay vayron qilingan. Turar joy qoldiqlari, sopol idish boʻlaklari, mis tangalar va boshqalar topilgan.

Guldursun qalʼa
qoraqalpoqcha: Gúldirsinqala

Guldursun qalʼa
Guldursun qalʼasi is located in Gʻarbiy va Markaziy Osiyo
Guldursun qalʼasi
Shown within Gʻarbiy va Markaziy Osiyo
Guldursun qalʼasi is located in Uzbekistan
Guldursun qalʼasi
Guldursun qalʼasi (Uzbekistan)
Manzilgoh Qoraqalpogʻiston, Oʻzbekiston
Koordinatalar 41°41′35.1″N 60°58′53.4″E / 41.693083°N 60.981500°E / 41.693083; 60.981500 G OKoordinatalari: 41°41′35.1″N 60°58′53.4″E / 41.693083°N 60.981500°E / 41.693083; 60.981500 G O
Turi Manzilgoh
Tarix
Davrlar Parfiya, Sosoniylar
Makon qaydlari
Vaziyat Vayron boʻlgan


Manbalar tahrir

  1. Ducke, Isa; Thoma, Natascha. Usbekistan (de). Dumont Reiseverlag, 2015 — 385 bet. ISBN 978-3-7701-7739-4. 
  2. Adrianov, Boris V.; Mantellini, Simone. Orolbo‘yining qadimiy sug‘orish tizimlari: Orolbo‘yining qadimgi irrigatsiya tizimlari (en). Oxbow Books, Limited, 31 December 2013 — 38 bet. ISBN 978-1-78297-167-2. 

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil