Gulnora Boʻrixodjayeva Hulkarovna (ruscha:Гулнора Буриходжаева Хулкаровна) — tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent, akusher-genekolog, pedagok.[1]

Gulnora Boʻrixodjayeva Hulkarovna
Гулнора Буриходжаева Хулкаровна
Tavalludi 7-iyul 1958-yil
Toshkent
Istiqomat joylari Toshkent
Fuqaroligi O'zbekiston
Millati oʻzbek
Sohasi tibbiyot
Ish joylari Toshkent tibbiyot akademiyasi, Uchtepa tumanidagi 22-oilaviy poliklinika
Institutlar Toshkent tibbiyot akademiyasi
Ilmiy unvoni tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent

Hayoti tahrir

Boʻrixodjayeva Gulnora Hulkarovna 1958-yili Toshkent shahrining „Ishchilar shaharchasi“da ziyolilar oilasida tugʻilgan. Gulnora Hulkarovna tumandagi 50-maktabni tamomlab, 1975-yili ToshMIga oʻqishga kiradi.[2]

Oilasi tahrir

Otasi — Jamolov Hulkar Moskvadagi „Aviatsiya“ institutini tugallab, 84-TAPOVICh zavodida uzoq yillar samarali mehnat qilgan, soʻngra esa Respublika kasaba uyushmalari qoʻmitasining raisi sifatida faoliyat yuritgan.

Onasi — Muyassar Jamolova Xorijiy tillar institutini tugatib, avval konservatoriyada, keyin Irrigatsiya va melioratsiya institutining xorijiy tillar kafedrasida mudira boʻlib ishlagan.[2]

Turmush oʻrtogʻi — Gʻulomjon Noʻmonovich ham ToshMIning jarrohlik faukltettini tamomlagan. Uzoq yillar „Boʻston“ sanatoriyasida, shuningdek, Respublika Narkologiya markazida hambosh shifokor boʻlib faoliyat yuritgan.

Katta oʻgʻli — Furqat Politexnika institutiti qoshidagi Malayziya universitetining „Menejment“ ixtisosligini tamomlab, hozirda Angliyaga qarashli kompaniyaning vakolatxonasida yetakchi mutaxassis sifatida faoliyat yuritadi.

Kichik oʻgʻli — Farhodjon Irrigatsiya va melioratsiya institutini „Iqtisod“ yoʻnalishi boʻyicha tugallagan. Hozirda qoʻshma korxonada import amaliyotlari boʻyicha mutaxassisdir.[2]

Mehnat faoliyati tahrir

Boʻrixodjayeva Gulnora Hulkarovna ToshMIni bitirgacha tumandagi -tibbiyot institutida oʻz mehnat faoliyatini yalabalarga saboq berishdan boshlaydi.[3] Olima koʻpillar Uchtepa tumanidagi 22-oilaviy poliklinika bosh shifokori sifatida ham ishladi.[1][2]

lmiy faoliyati tahrir

Gulnora Hulkarovna ilm qilishni maqsad qiliadi va aspiranturaga kirib, „Ayollarda homiladorlik davrining asoratlari“ mavzuida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli yoqladi. 1997—1998-yillarda esa Amerikaning yetakchi farmatsevt kompaniyasida ishchilarni oʻqitish boʻyicha trening-menejer sifatida faoliyat yuritadi.[2]

Manbalar tahrir