Bosh menuni ochish

Gulnora Islomovna Karimova (Гулнора Исломовна Каримова; 1972-yilda tugʻilgan, Fargʻona) — Oʻzbekiston prezidenti Islom Karimovning toʻngʻich qizi. 2010-yil yanvaridan 2012-yil iyuligacha Oʻzbekistonning Ispaniyadagi elchisi[2].

Gulnora Karimova
Tugʻilishi 8-iyul 1972 (1972-07-08) (47 yosh)
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Ota-onasi Islom KarimovTatyana Akbarovna Karimova
Mukofotlari Oltin Pushkin medali (2007)[1]
Bolalari oʻgʻli - Islom, qizi - Iman

Kasbi boʻyicha zargarlik buyumlari dizayni sohasida ishlaydi, GooGooSha nomli sahna taxallusi bilan qoʻshiqchi sifatida mashhur, «Oʻzbekiston madaniyati va sanʼati forumi» Fondining vasiylik kengashi va boshqa jamoatchilik tashkilotlari raisi[3].

Tarjimai holiTahrirlash

MaʼlumotiTahrirlash

Gulnora Karimova Islom Karimov va Tatyana Karimovaning toʻngʻich qizi, Fargʻonada tugʻilgan. 1988-yili u Toshkentda yosh matematiklar akademiyasini tugatgan, 1994 yili — Toshkent davlat universiteti falsafa-iqtisodiyot fakultetining xalqaro iqtisodiyot boʻlimini bakalavr darajasini bilan tamomladi. 1992-yili shu bilan birga Nyu-york shtati universiteti qoshidagi Moda texnologiyalari institutida tahsil oldi. 1996-yili Karimova Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi qoshidagi Iqtisodiyot institutining magistraturasini bitirdi, 2000-yili Garvard universitetida sanʼat magistri darajasiga ega boʻldi. 2001-yili u Toshkent Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universitetida siyosiy fanlar doktori boʻldi, 2009-yili esa oʻsha yerning oʻzida professor ilmiy darajasini oldi. 2006-yili Karimova Toshkent axborot texnologiyalari universitetida telekommunikatsiyalar sohasida bakalavr darajasiga erishdi[4].

Siyosiy karyerasiTahrirlash

1995-yil iyul oyida Karimova Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirligida ishlashni boshladi, vazir maslahatchisi lavozimini egalladi. 2003-yil sentabridan boshlab to 2005-yil apreligacha u Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchixonasida maslahatchi-elchi boʻlib ishladi, bunga qadar Nyu-yorkdagi BMT shtab-kvartirasida Oʻzbekistonning doimiy vakolatxonasi maslahatchisi edi. 2008-yil fevral oyida u Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirligida Madaniy-ijtimoiy sohada xalqaro hamkorlik masalalari boʻyicha oʻrinbosar etib tayinlandi[3]. 2008-yil sentabr oyida Karimova BMT qoshidagi va Jenevadagi boshqa xalqaro tashkilotlarda Oʻzbekiston Respublikasining doimiy vakili etib tayinlandi[5].

2010-yil yanvar oyida Karimova Oʻzbekistonning Ispaniyadagi elchisi etib tayinlandi[2].

2012-yil iyul oyi boshlarida Gulnora Karimova Ispaniyadagi Oʻzbekiston elchisi vazifasini tark etdi[6].

Ijtimoiy faoliyatiTahrirlash

Karimova oʻzining 8 yillik faoliyati davomida Oʻzbekistonda va xorijda bir yarim mingdan oshiq har yillik loyihalarni tashkil etgan va oʻtkazgan "Oʻzbekiston madaniyati va sanʼati forumi" Fondining tashkilotchisi va vasiysi hisoblanadi. Fond Oʻzbekistonning jamoatchilik tashkilotlari oʻrtasida oʻrnak sifatida UNESCOning rasmiy hamkorlari safiga kiradi. Fond Rossiya, Xitoy, Yaponiya, Fransiya, Avstriya, Shveysariya, Ispaniya, AQSh, Buyuk Britaniyada rasmiy vakolatxonalariga ega. Gulnora Karimova Fransiyada vakolatxona ochilishi munosabati bilan Luvrda oʻzbek dizaynerlari defilesini oʻtkazdi[7], Glazgoda esa oʻzbek soʻzanalari koʻrgazmasini tashkil etdi[8].

Karimova bundan tashqari oʻzining shaxsiy tashabbusi bilan yaratilgan boshqa fondlarni ham tashkil etmoqda. Bular onalik va bolalaik masalalari bilan bogʻliq xayr-sahovat bilan shugʻullanuvchi "Ayollar yigʻini" tashkiloti, sut bezi saratoni boʻyicha "Hayot uchun" assotsatsiyasi, shuningdek asosan uzoq mintaqalarda aholiga adresli yordam koʻrsatuvchi, shuningdek viloyatlardagi fermer va tadbirkorlarga grant va imtiyozli kreditlar ajratuvchi "Mehr nuri" fondlaridir. Karimova tomonidan tashkil etilgan «Kelajak ovozi» isteʼdodli yoshlar konkursida[9] 8 yil davomida butun respublika boʻyicha 388 ming nomzod ishtirok etdi. Karimovaning Oʻzbekistondagi boshqa yirik loyihalari - sut bezi saratoni bilan kurashishga mablagʻlar yigʻish uchun 2010-yildan boshlab Toshkent va mintaqalarda 100 ming ortiq ishtirokchilarni qamrab olgan «Hayot uchun» xayr-ehson marafon-forumi, xalqaro ishtirokchilar, madaniyat va sanʼat arboblarini koʻproq qamrab olgan loyihalar — «Asrlar sadosi» koʻchma anʼanaviy madaniyat festivali, «Art Week Style.Uz» loyihasi shular jumlasidandir[10][11]. Bundan tashqari, u Oʻzbekistonda «Oltin Gepard» Toshkent xalqaro kinoforumi va Teatr.uz Toshkent teatr festivalini oʻtkazish tashabbusi bilan chiqdi[12].

Oxirgi vaqtlarda Karimovaning shuhrati jamoatchilik tashkilotlari vakillari, tadbirkorlar orasida ham oshdi va bu unga Ijtimoiy tashabbuskorlikni qoʻllab-quvvatlash fondi doirasida "uchinchi sektor" deb ataladigan ishtirokchilarni birlashtirish imkonini berdi. Fond 50dan ziyod tashkilotlarni, shu jumladan va bir qancha xalqaro tashkilotlarni (PSI, UNAIDS, DVV International) birlashtiradi. Ushbu fond faoliyati doirasida amalga oshirilgan loyihalariga Oʻzbekistonning qurgʻoqchil oʻlkalaridan birida joylashgan ajralib qolgan mintaqaga trubalar oʻtkazish va ichimlik suvi bilan taʼminlash, shuningdek Fargʻona vodiysining bir qancha shaharlarida isitish trubalarini oʻtkazish kiradi. 2011-yil sentabrda Gulnora Karimova tashabbusi bilan mintaqalarda "axborot markazlari" orqali fuqarolarning murojaatlarini qabul qiladigan va ijtimoiy muammolarni hal qilish uchun kuchlarni birlashtiradigan "Oʻzbekiston ijtimoiy masʼul fuqarolari forumi" yaratildi.

Shaxsiy hayotiTahrirlash

1991-yil iyul oyida Gulnora dugonasining tugʻilgan kunida AQSh fuqarosi boʻlgan Afgʻonistonlik etnik oʻzbek Mansur Maqsudiy bilan tanishdi va unga turmushga chiqdi. Nikohdan keyin Gulnoraning eri Toshkentdagi Coca-Cola kompaniyasi vakolatxonasining direktori lavozimini egalladi. Ushbu nikohdan 1993-yili Islom ismli oʻgʻli dunyoga keldi, 1999-yili esa qizi - Iman[13]. 2001-yili nikoh buzildi, Karimova bolalari bilan birga Nyu-Jersidagi oilaviy uyidan ketdi. Nikoh ajrimi jarayoni 2 yilga choʻzildi va xalqaro janjalga aylanib ketdi. Amerika sudi Maqsudiyga bolalarga vasiylik huquqini berdi, Gulnoraga sobiq eriga bolalarni qaytarish talabini qoʻydi va ularni ushlab turgani uchun sanksiya berdi[14]. Bunga javoban Oʻzbekiston hukumati Mansurni qalloblikda, soliqlarni yashirishda, juda katta miqdordagi poralar olganlikda, mulkni oʻgʻirlashda va pullarni yuvishda aybladi va xalqaro qidiruvga eʼlon berdi[13]. 2008-yil 9-iyulda Nyu-Jersi shtati Oliy sudi sudyasi Den M. Vilson Gulnora Karimovaga ikkala farzandi uchun toʻliq huquqni qaytarishga qaror chiqardi.

MusiqaTahrirlash

Gulnora Karimova Googoosha taxallusi bilan kuylaydi, sheʼrlar yozadi va musiqa bastalaydi[15]. U professional darajada vokal (metso-soprano) bilan shugʻullandi, Xulio Iglesias va Montserrat Kabale kabi taniqli qo'shiqchilar bilan ijodiy duetlar ijro etdi. Oʻzbekistonda uning qoʻshiqlari radio boʻyicha va musiqiy kanallarda eshittiriladi. 2012-yil iyun oyida Googoosha AQShda, shuningdek iTunes, Amazon va b. orqali xalqaro savdoda birinchi ingliz tilidagi albomini chiqardi. Albom rossiyalik produser va musiqachi Maks Fadeyev bilan hamkorlikda yaratildi va u 12 kompositsiya va amerikalik di-jey White Shadowdan Round Run singliga ishlangan remiksdan tashkil topgan. Karimova oʻzining realgoogoosha.com nomli saytida, shuningdek oʻzining Facebook va Twitterdagi sahifalarida mashhur Billboard musiqiy jurnali reytingi skrinshotini joylashtirdi[16].

TanqidTahrirlash

2011-yil 15-sentabrda Nyu-Yorkda Modalar haftaligi doirasida Gulnora Karimovaning yozgi-kuzgi kolleksiyasi namoyishi boʻlib oʻtdi[17], ammo, haftalik tashkilotchilari Oʻzbekiston hukumatini inson huquqlarining ommaviy buzilishida ayblayotgan Human Rights Watch huquqni muhofaza qiluvchi tashkiloti bosimi ostida uni bekor qilishga uringan edilar[18]. Shuningdek Karimova namoyishiga Oʻzbekistonni voyaga yetmaganlar mehnatidan foydalanishda ayblayotgan Mehnat huquqini muhofaza qiluvchi xalqaro forum faollari qarshi chiqishdi[19].

Frans-press agentligi xabarlariga koʻra 2012-yil avgust oyida Gulnora Karimova jurnalistlar, shu jumladan xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari uchun kengaytirilgan press-konferensiya oʻtkazdi. Unda barcha savollarga javob berdi va gʻarbiy pressadagi unga qarshi koʻpchilik ovoza va ayblovlarni rad qildi. Xususan u Nyu-Yorkdagi holat boʻyicha aniqlik kiritdi[20].

AyblanishiTahrirlash

  • 2017-yilning yozida Oʻzbekiston Bosh prokuraturasi Gulnora Karimova ishi boʻyicha maʼlumot bergan, unga koʻra Gulnora Karimova 2015 yilning avgustida, yaʼni birinchi prezident Islom Karimov davrida qator moliyaviy jinoyatlarda aybdor deb topilgani va unga 5 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangani maʼlum boʻlgandi. Keyinroq unga nisbatan firibgarlik, xorijiy valyutani yashirish, bojxona qonunchiligini buzilishi boʻyicha yana bir jinoiy ish qoʻzgʻatilgani maʼlum qilindi. Jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent viloyati sudining 2017-yil 18-dekabrdagi hukmi bilan unga 10 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
  • 2018-yilning 1-iyulida bu jazo 5 yilga ozodlikni cheklash jazosiga almashtirilgan. U jazoni qizi Imon Karimovaning uy manzilida oʻtashi kerak boʻlgan. Ammo ozodlikni cheklash qoidalarini buzganligi, chunonchi, uyni tark etgani, aloqa vositalari va Internetdan foydalangani uchun 2019-yilning 5-martida Zangiota tumanidagi umumiy tartibli 21-son ayollar koloniyasiga oʻtkazilgan. Tergov maʼlumotlariga koʻra, Karimova jinoiy sheriklari yordamida 12ta xorijiy mamlakatda 1,3 milliard AQSh dollar, 63,5 million evro, 27,1 million funt va 18,5 million frank miqdorida aktivlarni qonuniylashtirgan.[21]
  • 2019-yil 20-avgustda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Gulnora Karimovaga nisbatan yana uchta holat boʻyicha — davlat mulkini talon-toroj qilish, Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlariga zid bitimlar tuzish hamda oʻzgalarning juda koʻp miqdordagi mulkini tovlamachilik yoʻli bilan qoʻlga kiritish holatlari yuzasidan jinoyat ishlari qoʻzgʻatdi. Bunga xalqaro kompaniyadan kelib tushgan maʼlumotlar va fuqarolarning arizalari asosida toʻplangan tekshirish hujjatlari asos boʻlgan. Aniqlanishicha, G.Karimova bir guruh shaxslar bilan til biriktirgan holda, „Quvasoysement“ va „Bekobodsement“ AJning davlatga tegishli boʻlgan aksiyalarini arzonlashtirilgan narxlarda sotib olgan. G.Karimova qayd etilgan aksiyalarni chet el tadbirkorlariga sotgan hamda ularning noqonuniy faoliyatiga rahnamolik qilib, respublika manfaatlariga juda koʻp miqdorda zarar yetkazgan, fuqarolar va turli kompaniya egalarini zoʻrlik ishlatish bilan qoʻrqitib, ularning mulkini oʻziga tegishli boʻlgan kompaniyalarga rasmiylashtirib berishga majbur qilgan.

ManbalarTahrirlash

  1. Иллюзии и реальность на Ташкентской биеннале. Uzbekistan Today (4 октября 2007). Asl nusxadan arxivlandi (2012-03-17). 2011-09-12.
  2. 2,0 2,1 Дочь президента Каримова стала послом Узбекистана в Испании. Интерфакс (21 января 2010). 2011-09-12.
  3. 3,0 3,1 Дочь Каримова "доросла" до должности замглавы МИД Узбекистана. Известия (4 февраля 2008). Asl nusxadan arxivlandi (2012-03-17). 2011-09-12.
  4. Биография Гульнары Каримовой. Официальный сайт Гульнары Каримовой. Asl nusxadan arxivlandi (2012-03-17). 2011-09-12.
  5. Каримова назначена послом Узбекистана при ООН в Женеве. REGNUM (17 сентября 2008). Asl nusxadan arxivlandi (2012-03-17). 2011-09-12.
  6. Дочь узбекского президента покинула должность посла в Испании. Lenta.ru (3 июля 2012). Asl nusxadan arxivlandi (2012-08-07).
  7. Узбекские модели дефилируют в Лувре. BBC (21 марта 2007). Asl nusxadan arxivlandi (2012-03-17). 2011-09-12.
  8. Шотландия: В Глазго открылась выставка узбекских сюзане. Фергана.Ру (4 июля 2008). Asl nusxadan arxivlandi (2012-03-17). 2011-09-12.
  9. «Kelajak ovozi» loyihasi Gulnora Karimovaning rasmiy saytida
  10. «Асрлар садоси» анъанавий маданият Фестивали
  11. Art Week Style.uz loyihasi easmiy sayti
  12. Тошкент халкаро кинофоруми «Олтин гепард»
  13. 13,0 13,1 Николай Зенькович. Самые секретные родственники. — Olma Media Group, 2005. — С. 179. — ISBN 5-94850-408-5
  14. Peter Baker. (13 апреля 2004). Battle Royal. Washington Post. Asl nusxadan arxivlandi (2012-03-17). 2011-09-12.
  15. Gulnora Karimova realgoogoosha.com saytida (Inglizcha)
  16. ROUND RUN # 5 BREAKOUT – US CLUBS!
  17. GULI Collections Весна-Лето-2012 на New York Mercedes-Benz Fashion Week. Adensya.ru (18 сентября 2011). Asl nusxadan arxivlandi (2012-03-17). 2011-11-16.
  18. В Нью-Йорке под давлением правозащитников отменен показ коллекции дочери президента Узбекистана. Газета.ru (11 сентября 2011). Asl nusxadan arxivlandi (2012-03-17). 2011-09-12.
  19. "Дочь Каримова не допустили к участию в Неделе моды в Нью-Йорке". Lenta.ru. 10 сентября 2011. http://www.lenta.ru/news/2011/09/10/fashion/. Qaraldi: 2011-09-12. 
  20. AFP: Uzbekistanʼs first daughter hits out at Western critics
  21. Гулнора Каримовага яна бир неча жиноят иши қўзғатилди. kun.uz. 20.08.2019.

HavolalarTahrirlash