Gruzin tili (ქართული ენა) — gruzin xalqi tili. Kavkaz (iberg-kavkaz) tillari kartvel guruhiga mansub. Unda.3917,7 ming kishi soʻzlashadi. Gruzin adabiy tili tarixi 2 davrga ajraladi: qad. gruzin (5 — 11-asrlar), hozirgi gruzin (12-asrdan boshlab). Kart dialekta gruzin adabiy tilining asosini tashkil etadi. Gruzin tilining dialektlararo differensiyasi juda kuchsiz. Hoz. gruzin tili fonetika tizimida 5 unli 25 undosh boʻlib, bular 3 turga ajraladi: jarangli, jarangsiz va boʻgʻiz usti. Morfologiyada prefiks (old qoʻshimcha) va suffiksdan foydalaniladi. Gruzin tilining morfologik tuzilishi agglyutinativdir. Grammatik jins farqlanmaydi, 6 ta kelishik bor. Tushum kelishigi yoʻq, uning oʻrnida ergativlik mavjud. Koʻmakchilardan keng foydalaniladi. Gruzin tili sintaksisi predikativlik tuzilmaga ega. Ergash gapli qoʻshma gaplar ancha taraqqiy etgan[1].

Gruzin tili
Milliy nomi ქართული
Mamlakatlar Gruziya
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 4.300.000 (1993)
Turkumlanishi
Alifbosi gruzin alifbosi
Til kodlari
ISO 639-1 ka
ISO 639-2 kat
ISO 639-3 kat

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil