GYUYGENS (Geygens; Huyegens) Xristian (1629.14.4 - Gaaga - 1695.8.7) -niderlandiyalik fizik, mexanik, matematik va astronom. London Qirollik jamiyati aʼzosi (1663), Parij FA aʼzosi va uning raisi (1665 y.dan). Leyden universitetida (1645—47) va Bred universitetida (1647—49) oʻqigan. Birinchi ilmiy ishi analitik geometriyata bagʻishlangan. Birinchi boʻlib mayatnikli soatni ixtiro qilgan (1657), uning nazariyasini yaratgan, fizik mayatnik tebranishlari qonunlarini aniqlagan, zarba nazariyasiga asos solgan. Yorugʻlikning toʻlqin nazariyasini rivojlantirgan (1678); yorugʻlikning tarqalish mexanizmini tushuntirib, uning nomi bilan ataluvchi (Gyuygens — Frenel prinsipi) ni ilgari surgan (1690); anizotropik muhitda nurning ikkiga ajralishini tushuntirib bergan. R. Guk bilan hamkorliqda termometrning doimiy nuqtalari — muzning erish nuqtasini va suvning qaynash nuqtasini aniqlagan. Teleskopii takomillashtirgan; oʻz nomi bilan ataluvchi okulyar yasagan. Saturn halqalari va uning yoʻldoshi (Titan)ni kashf qilgan (1655). G. ehtimollar nazariyasiga oid dastlabki asarlardan birining muallifi (1657).

AdabiyotlarTahrirlash

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil