Zagʻizgʻon, hakka (Pica pica) — chumchuqsimonlar turkumining qargʻasimonlar oilasiga mansub qush. Tanasining uz. 45—48 sm. Yevropa, Osiyo, Shim. Amerika, Shim.Gʻarbiy Afrika, Oʻrta Osiyo, Qozogʻiston, Jan. va Gʻarbiy Sibirda tarqalgan. 3. bogʻlar, toʻqay va togʻlardagi oʻrmonlarda yashaydi. Tundra, Sharqiy Sibirning ayrim hududlari va choʻllarda uchramaydi. 3. qishda koʻchib yuruvchi qush. Daraxtlar shoxiga va butalarga yirik yopiq uya soladi. Martmay oylarida 5—7, baʼzan 8—9 ta tuxum qoʻyadi. Tuxumdan 18—19 kunda joʻja chiqadi. 3. mayda kemiruvchilar va hasharotlar bilan oziqlanadi; baʼzan poliz ekinlari (tarvuz, qovun) va mevalarni ham choʻqiydi. [1]Aprel oyining boshida bir juft zağizğonlar 1metrdan 12metrgacha daraxt yoki butalarga uya soladi.

Pica pica pica
Zagʻizgʻonning uzum shoxlaridan qurgan uyasi.

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil