Haley Rae Skarupa (talaffuzi: Haley Skarupa; 1994-yil 3-yanvarda tugʻilgan) — PWHPA va Amerika milliy jamoasida oʻynagan amerikalik xokkeychi.

Haley Rae Skarupa
Haley Skarupa 2017-yilda Boston Pride uchun oʻynamoqda
Tugʻilgan joyi 3-yanvar 1994-yil (1994-01-03) (30 yosh)[1]
Rockville, Maryland, AQSh
Boʻyi 5 ft 6 in (168 cm)
Ogʻirligi 141 lb (64 kg; 10 st 1 lb)
Pozitsiyasi Hujumchi
Maydondagi joylashgan oʻrni Oʻng qanot
Milliy jamoa  AQSh
Jamoalardagi faoliyat 2012—hozirgacha

Faoliyati tahrir

Oʻrta maktabni tugatgach, Skarupa ota-onasi oʻqigan Boston kollejiga oʻqishga kirishga qaror qilgan[2][3]. NCAAda toʻrt mavsum davomida u 144 oʻyinda 244 ball toʻplagan. Bu Boston kolleji tarixidagi erkaklar va ayollar uchun ikkinchi eng yuqori natija boʻlgan[4]. U 2015-yil va 2016-yillarda Patty Kazmaier xotira mukofoti finalchisi boʻlgan[5].

2015-yilgi NWHL draftida u Milliy Xokkey Ligasi (NWHL) New York Riveters jamoasi tomonidan jamoa tarkibigi tanlangan[6].

NWHLda uch mavsumda Skarupa 34 oʻyinda 45 ochko toʻplagan va 2017-yilgi NWHL All-Star oʻyinida ishtirok etgan[7].

2019-yil may oyida Skarupa 2019—2020-yilgi mavsumdagi PWHPA jamoasiga qoʻshilgan. Bir necha oy oʻtgach, u NHLning Washington Capitals jamoasiga xokkeychi sifatida ishga qabul qilingan[8].

Xalqaro jamoalar tahrir

U 2015-yilgi IIHF ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida, shuningdek, 2016-yil va 2017-yillardagi jahon chempionatlarida qatnashib, har safar oltin medalni qoʻlga kiritgan[1][9].

Skarupa 2018-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlarida AQShning xokkey boʻyicha ayollar jamoasida oʻynagan[10][11].

U 2011-yil va 2012-yilgi mavsumda jami uchta oltin medalni qoʻlga kiritgan.

Faoliyat statistikasi tahrir

Xokkeychi statistikasi qisqartmalar ma'nolari
 GP  Oʻynalgan oʻyinlar  G  Gollar  A  Uzatmalar  Pts  Jamoa toʻplagan ochkolari  PIM  Penalti uchun
belgilangan daqiqalar
Mavsum Jamoa Liga GP G A TP PIM +/- GP G A TP PIM
2009—2010 USA U18 WJC-18 (W) 5 3 6 9 0 9
2010—2011 Washington Pride 19U AAA „C“ JWHL (W) 23 41 19 60 14 -
USA U18 WJC-18 (W) 5 3 5 8 0 5
2011—2012 Washington Pride 19U AAA „C“ JWHL (W) 27 74 15 89 48 -
USA U18 WJC-18 (W) 5 11 0 11 0 11
2012—2013 Boston College NCAA (W) 33 24 29 53 10 41
2013—2014 Boston College NCAA (W) 33 25 16 41 12 20
2014—2015 Boston College NCAA (W) 37 31 40 71 11 62
USA WC (W) 5 2 2 4 0 1
2015—2016 Boston College „A“ NCAA (W) 41 35 44 79 8 56
USA WC (W) 5 0 3 3 0 4
2016—2017 Connecticut Whale NWHL (W) 16 11 11 22 0 2 1 0 2 2 2
USA WC (W) 5 1 1 2 0 3
2017—2018 Boston Pride NWHL (W) 5 2 3 5 2 −6
USA OG (W) 5 0 0 0 0 0
USA (all) International (W) 5 2 0 2 0 -
2018—2019 Boston Pride NWHL (W) 13 6 12 18 6 1 1 0 0 0 0
2019—2020 PWHPA New England - - - - - -
2020—2021 PWHPA New Hampshire 5 2 4 6 4 -

Doimiy mavsum tahrir

Liga Yil GP G A TP PPG PIM +/- | Yil GP G A TP PPG PIM +/-
International (W) 1 5 2 0 2 0.40 0 - | 0
JWHL (W) 2 50 115 34 149 2.98 62 - | 0
NCAA (W) 4 144 115 129 244 1.69 41 179 | 0
New England 1 - - - - - - - | 0
New Hampshire 1 5 2 4 6 1.20 4 - | 0
OG (W) 1 5 0 0 0 0.00 0 0 | 0
NWHL (W) (PHF (W)) 3 34 19 26 45 1.32 8 −3 | 2 2 0 2 2 1.00 2 −4
WC (W) 3 15 3 6 9 0.60 0 8 | 0
WJC-18 (W) 3 15 17 11 28 1.87 0 25 | 0

Shaxsiy hayoti tahrir

Skarupa Marylend shtatining Rockville shahrida oʻsgan va u Wootton oʻrta maktabini tamomlagan[12][13].

Manbalar tahrir