Hamroqul Nosirov (1904.2.1, Jizzax tumani — 1978.7.10, Jizzax shahri) — qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarish tashkilotchisi, dehqonchilik amaliyoti novatori, 2-marta Mehnat Qahramoni (1956, 1978). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan paxtakor (1966). 1944-yildan Jizzax tumanidagi "Moskva" shirkat xoʻjaligining (hozirgi H. Nosirov nomidagi jamoa xoʻjaligi) raisi. Nosirov rahbarligida jamoa xoʻjaligi ilgʻor, iqtisodiy baquvvat paxtakor, chorvador xoʻjalikka aylandi, paxtadan 40 s/ga dan oshirib hosil, sogʻin sigirlarning har biridan 4000 l dan ortiq sut olindi. Koʻplab turar joylar, jamoat, madaniyatmaʼrifat binolari, Hamid Olimjon muzeyi, xoʻjalikning "Shon-shuxrat" muzeyi qurildi. Aholi gaz, ichimlik suvi bilan toʻla taʼminlandi. Shirkat xoʻjaligi markazida Nosirovning byusti oʻrnatilgan.[1]

Hamroqul Nosirov.jpg

ManbalarTahrirlash

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

HavolalarTahrirlash