Harold Johnson (1928-yil 9-avgust — 2015-yil 19-fevral) professional bokschi edi. U 1962-yildan 1963-yilgacha NYSAC, NBA/WBA va The Ring chempionlik kamarini egallagan bokschidir.

Harold Johnson

Johnson in 1954
Statistikasi
Asl ismi Harold Johnson
Laqabi Hercules
Vazni Light Heavyweight
Middleweight
Millati American
Tavalludi 9-avgust 1928-yil
Manayunk, Pennsylvania
Vafoti 19-fevral 2015-yil(2015-02-19)
(86 yoshda)
Philadelphia, Pennsylvania
Uslubi Orthodox

Boks faoliyati tahrir

Johnson Filadelfiyaning Manayunk shahrida tugʻilgan. U Amerika Qoʻshma Shtatlari dengiz flotida xizmat qilayotganda boks bilan shugʻullana boshlagan edi va 1946-yilda professionalga aylanadi. U 1949-yilda Archi Murga oʻn raundlik qarorni yutqazishdan oldin, bokschi oʻzining yigirma toʻrtta jangida gʻalaba qozonib kelgan. Mur Johnsonning faoliyatidagi eng katta raqibi boʻlardi. Jonson toʻrtta toʻgʻridan-toʻgʻri gʻalabaga erishadi, jumladan, boʻlajak Shon-sharaf zali ishtirokchisi Jimmy Biwinsga qarshi oʻn raundlik jang boʻladi, bu jangda qaror orqali gʻalaba qozonadi[1].

Hayoti tahrir

Johnsonning otasi Fil Johnson ham professional bokschi boʻlgan edi. Fil va Harold Johnsonlar nafaqat bitta jangchi bilan jang qilgan, balki unga yutqazgan birinchi ota va o‘g‘il kombinatsiyasiga ega bo‘lishgan. Ikkalasi ham 1936 va 1950-yillarda ogʻir vazn toifasida boʻlajak jahon chempioni Jersey Jo Walcott qoʻlida uchinchi raundda nokaut bilan magʻlub boʻlishdi. Harold orqa qismidagi umurtqalararo disk churrasidan jarohat olganidan keyin yutqazib qoʻyadi[2].

Qiziqarli janglar tahrir

Ketma-ket beshta gʻalabadan soʻng, Johnson Archi Mur bilan raqobatini davom ettirdi va 1951-yil sentyabrdan 1954-yil yanvargacha ketma-ket uch marta Mur bilan jang qildi. Uchchalasi ham o‘n raundlik masofani bosib o‘tgan edi. Johnson revansh jangida magʻlub boʻladi, keyingi oʻyinda gʻalaba qozondi va toʻrtinchi jangda magʻlub boʻlib qoladi.

1952-yilda Johnson Bob Satterfild bilan ikkita jangni ajratdi, birinchisida qaror bilan magʻlub boʻldi va ikkinchisida nokaut bilan gʻalaba qozonadi. Shundan keyin esa ogʻir vazndagi daʼvogar Nino Valdez ustidan ham gʻalaba qozonadi. Keyingi yili u ogʻir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Ezzard Charlesni ikkiga boʻlingan qaror bilan magʻlub etadi. Johnson 1954-yilda Archi Murga qarshi beshinchi va soʻnggi jangida oʻzining faoliyatida sakkiz yil davomida unvonga sazovor boʻldi. Mur yengil vazn toifasidagi jahon chempionatining uchinchi himoyasini amalga oshirayotgan edi. Qiziqarli jangda Jonson Murni 10-raundda nokautga uchratdi va 13-raunddan soʻng koʻrsatkichlar jadvalida oldinda edi. Ammo Mur toʻplanib, Johnsonni yiqitdi va 14-raundda uni toʻxtatadi[3].

Revansh jangi tahrir

Johnson 1954-yilda Hulio Mederosni oʻntadan ortiq turda magʻlub etib tashladi. Keyingi yili ular Filadelfiyada revansh jangini oʻtkazishdi. Johnson ikkinchi raunddan keyin yiqilib tushadi va ringdan zambilda olib ketiladi. Keyinchalik tahlillar shuni koʻrsatdiki, Johnsonga barbiturat preparati qoʻllangan. Natijada Pensilvaniya gubernatori shtatda boksni 114 kunga toʻxtatib qoʻyadi va Pensilvaniya Atletik komissiyasiga tekshiruv oʻtkazishni topshirdi. Johnsonning aytishicha, oʻzini uzoq vaqtdan beri muxlislik qilgan notanish kishi bokschiga sovgʻa qilgan apelsinni yeganidan keyin kiyinish xonasida oʻzini yomon his qila boshlagan. Apelsin boʻlagining kimyoviy tahlili dori yoki barbiturat izlarini koʻrsatmadi. Tekshiruv hech qachon Johnsonni kim giyohvand moddalar bilan isteʼmol qilganini yoki preparat qanday qoʻllanganini aniqlamadi. Biroq, komissiya Johnson jang qilishga tayyor emasligini bilgan va bu haqda oʻsha kechasi navbatchi komissiya xodimlariga xabar berishi kerak degan qarorga keladi. U olti oyga diskvalifikasiya qilindi va uning hamyoni olib qo‘yildi[4].

Texnik nokaut jangi tahrir

Milliy boks assotsiatsiyasi (NBA) Archi Murni himoya qila olmagani uchun yengil vazn toifasida jahon chempioni sifatida tan olishdan voz kechganida, Johnson 1961-yilda Jessi Boudrini toʻqqizinchi raundda texnik nokaut bilan magʻlub etib, boʻsh qolgan NBA chempionligini qoʻlga kiritadi. Oʻzining birinchi titul himoyasida Johnson Won Kleyni ikki raundda toʻxtatdi. Ogʻir vazn toifasida ikkinchi oʻrindagi daʼvogar Eddi Machenni oʻn raundlik qaror bilan magʻlub etganidan soʻng, Johnson unvonini ikkinchi marta muvaffaqiyatli himoya qiladi va 4-oʻrindagi yengil vazn toifasidagi Eddy Cotton ustidan gʻalaba qozonib yutadi.

Jahon chempionlik unvoni tahrir

Johnson 1962-yilda oʻn besh raundda Dag Johnsni magʻlubiyatga uchratib, yengil vazn toifasida jahon chempioni sifatida tan olindi. U Berlinda Gustav Scholzni ortda qoldirib, soʻzsiz unvonni bir marta muvaffaqiyatli himoya qila oldi, soʻngra 1963-yilda oʻn besh raundlik boʻlinish qarori bilan uni Willy Pastranoga ochkolar taqsimi bilan ringda boy berib qoʻydi[5].

Nafaqaga chiqishi tahrir

Johnson hech qachon chempionlik uchun kurashmaydi va 1971-yilda 32 ta nokaut jangi bilan 76-11-rekordi bilan nafaqaga chiqadi.

Johnson 1992-yilda Butunjahon boks shon-sharaf zaliga va 1993-yilda Xalqaro boks shon-shuhrat zaliga kiritilib qoʻyilgan.

Vafoti tahrir

Jonhson 1999-yilda Associated Press tomonidan XX asrning eng katta yengil vaznli toifadagi bokschilar ichida 7-o‘rinni eggaladi[6]. Uch yil oʻtgach,The Ring jurnali Johnsonni „Barcha vaqtlarning 20 talik eng yaxshi yengil vazn toifasida“ roʻyhatda 7-oʻrinni egallaydi, bundan tashari „Soʻnggi 80-yildagi eng yaxshi 80 jangchi“ roʻyxatidan 80-oʻrinni egalladi[7]. Johnson 2015-yil 19-fevralda 86 yoshida vafot etdi[8].

Yana qarang tahrir

  • Yengil vaznda boks boʻyicha chempionlar roʻyxati.

Manbalar tahrir

  1. Roberts, James B.. The Boxing Register: International Boxing Hall of Fame Official Record Book, 2006. ISBN 9781590131213. 2014-yil 20-iyunda qaraldi. 
  2. „Pug Collapses In Third Round Of Walcott Mix“ (1950-yil 9-fevral). Qaraldi: 2014-yil 20-iyun.
  3. „Moore Decks Johnson, Craves Shot at Marciano“ (1954-yil 12-avgust). Qaraldi: 2014-yil 20-iyun.
  4. „Suspension Ordered for Harold Johnson“ (1955-yil 7-iyul). Qaraldi: 2014-yil 20-iyun. [sayt ishlamaydi]
  5. „Pastrano Wins Title With Upset Decision“ (1963-yil 2-iyun). Qaraldi: 2014-yil 20-iyun.
  6. „Boxing's Best of the Century“. Boxing.about.com (2014-yil 12-mart). 2014-yil 12-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 20-iyun.
  7. „Ring Magazine's 80 Best Fighters of the Last 80 Years“. Boxing.about.com (2014-yil 6-iyun). 2017-yil 8-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 20-iyun.
  8. „Harold Johnson passes“. Fightnews.com (2015-yil 19-fevral). 2015-yil 20-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 20-fevral.

Havolalar tahrir