Hasan Rajabiy (1942.22.7, Toshkent) — xonanda va sozanda (tanbur). Oʻzbekiston xalq xrfizi (1990). Yunus Rajabiyning oʻgʻli. Otasidan soz chalishni va xonandalik sanʼatini oʻrgandi. Tanbur yoʻllarini T. Alimatov va S. Karimovlardan oʻzlashtirgan. Hamza nomidagi musiqa bilim yurtini tanbur ijrochiligi boʻyicha hamda ToshDUning filol. fakultetini tugatgan (1967). Hamza nomidagi Sanʼatshunoslik ilmiy tadqiqot institutida ilmiy xodim (1967—75). "Maqom" ansamblida sozanda va xonanda (1976—96), Yunus Rajabiy uymuzeyining direktori (1996-yildan). Keng diapazonli, shirali ovozga ega boʻlgan H.R.ning ijro uslubi sheʼrlar mazmunini chuqur x,is etish, soʻzlarni donadona qilib aytish, oʻziga xos vazminlik, nolakorlik va kamerlik (xonakilik) bilan ajralib turadi. Repertuaridan maqom yoʻllari ("Saraxbori Dugoh" taronalari bilan, "Bayoti Sheroziy Talqinchasi va Soqiynomasi", "Ushshoq", "Segoh", "Moʻgʻulchai Dugoh Talqinchasi", "Saraxbori Oromijon", "Dugoh Husayn" IV—V, "Oraz" va boshqalar), mumtoz ashulalar ("Munojot", "Figʻon", "Adoyi" va "Asiriy", "Sayyora", "Girya" III, "Erkin Tanavor" kabi), bas ("Oqshomdan tushgacha"), Yormat ("Qutlugʻ takorlar asarlari ("Koshki", "Ne navo", "Kuygay", "Gul sochar", Yu. Rajabiy; "Kuyla, dilkash dutorim", "Topmadim", S. Kalonov; "Boʻl menga mahbub", F. Sodiqov; "Men ketar boʻldim", T. Jalilov va boshqalar) oʻrin olgan. T. Rajabiy, M. Tojiboyev, M. Sattorova, G. Erqulova, N. Sattorova kabi sanʼatkorlarga ustozlik qilgan. Oʻzbek mumtoz musiqasiga bagʻishlangan risola va maqolalar muallifi. "Doʻstlik" ordeni bilan mukofotlangan (1997).[1]

Manbalar tahrir

  1. Rajabiy, Hasan. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil