Hasanxon Muhiddinov
Muhiddinov Hasanxon — uning aytishicha 60 yoshda, vrach ma’lumotiga ko‘ra 46 yoshda, Namangan shahridan, yirik yer egasi, eshon oilasidan, diniy xizmatchi, imom, yashirincha tabiblik bilan shug‘ullangan. Aksilinqilobiy tashkilot Baliqchi guruhining rahbari sifatida ayblanayotgan Nazratullayev, Alixonovlar ko‘magida Matkarimov orqali muhojir ruhoniylar bilan aloqada bo‘lganlikda, 1935 — 1936-yillardagi qator yig‘ilishlarda ishtirok etganlikda, xotin-qizlar ozodligiga qarshi mag‘lubiyatchilik targ‘iboti olib borganlikda ayblangan.[1]
Manbalar
tahrir- ↑ Shamsutdinov, Rustam. Qatag‘on qurbonlari — 85-bet. ISBN 978-9943-00-240-1.