Bosh menuni ochish

Hayriddin SultonovToshkent viloyati Qibray tumanidagi Tuzel qishlogʻida 1956-yil 18-yanvarda tugʻilgan. 1973-yilda Parkentdagi maktabni tugatgach, ToshDU (hozirgi OʻzMU)ning jurnalistika fakultetiga oʻqishga kirdi (1972). U „Guliston“ (1974–1980), „Yoshlik“ (1982–1985) jurnallarida, Adabiyot va sanʼat nashriyotida (1980–1982, 1985–1993) faoliyat koʻrsatdi. Hozirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonida masʼul vazifada xizmat qilmoqda.

AsarlariTahrirlash

Film ssenariylariTahrirlash

U Abdulla Qodiriy ijodi, asarlari haqida bir qancha badialar yaratgan.

Hayriddin Sultonov mohir tarjimon boʻlib, A.Sent-Ekzyuperi, Nagibin, S.Alekseyev, V.Shukshin kabilarning asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.

BoburnomaTahrirlash

Bobur 15-asrda yurtlardan yurtlarga qurol, askarlar bilan oʻtgan. Xayriddin Sultonov 20-asrda Bobur yurgan yoʻllardan yurdi. Kitobxon beixtiyor besh asr davomida odamlar tabiatida, ruhiyatida roʻy bergan oʻzgarishlarni qiyoslay boshlaydi. „Boburnoma“ning qimmatli tomonlaridan biri inson tabiatidagi azaliy xususiyatlarning, insonlararo munosabatlarning kam oʻzgarishidir.

„Saodat sohili“ qissasiTahrirlash

Bu qissada tasvirlangan voqealar Bobur oʻlimidan bir necha oy oldin Agra shahrida boburiylar saroyida boʻlib oʻtadi. Toshkentlik olim Sulton Muhammad Hofiz Toshkandiy (taxallusi Hofiz Koʻykiy) bir qator Sharq mamlakatlarini aylanib, Bobur saroyidagi boy kutubxonada mutolaa qilish maqsadida azob-uqubatlar bilan Agra shahriga yetib keladi. Shogirdi Binoqul yoʻlda halok boʻladi. Bobur hofiz Koʻykiyni ochiq koʻngil bilan kutib oladi va Bogʻi Nurafshon deb atalmish bogʻning kunchiqar tomonidagi xos hujayralardan biriga joylashtiradi. Asarda Bobur "Eh, saltanat… Ne boʻlsa — Allohdan! Shu saltanat minnati umr boʻyi oyogʻimga kishan boʻldi, murodimga gʻov…" — deydi. U "Angladimki, bu oʻlkada alarning yolgʻiz jismlarini boʻysundira olur ekanman, ruhlarini itoat ettirmakka hargiz qudratim yetmas ekan" degan xulosaga keladi. Hofiz Koʻykiy saodat sohili haqidagi fikri bilan Boburning vatandan yiroqlik dardini yangilaydi. Bobur „Shoshlik minnatidan xolos boʻlib“, vatanga qalandar boʻlib qaytishni orzu qiladi, Hofiz Koʻykiyga quyidagi soʻnggi soʻzlarini aytadi: "Sizga nechogʻli havasim kelishini bilsangiz edi!". Asar yakunida Bobur olamdan oʻtadi.[1]

KitoblariTahrirlash

  • Sultonov Xayriddin. Bir oqshom ertagi. T.: Adabiyot va sanʼat, 1983.
  • Sultonov Xayriddin. Boburning tushlari. T.: Adabiyot va sanʼat, 1993.
  • Sultonov Xayriddin. Boburiynoma. Maʼrifiy roman. T.: „Sharq“, 1997.

ManbalarTahrirlash

  1. Matchonov S., Sariyev Sh. Adabiyot. 292-29-betlar. T.: „Yurist-media markazi“, 2010.