Helsinki universiteti
Helsinki universiteti — 1640-yil Turku shahrida tashkil etilgan Finlandiyadagi yirik oliy oʻquv yurtlaridan biri. Helsinki universiteti 1828-yil Helsinki shahriga koʻchirilgan. Teologiya, huquq, tibbiyot, falsafa, tarix, filologiya, tabiiy fanlar va matematika, qishloq va oʻrmon xoʻjaligi, pedagogika boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Kutubxonasi (1640-yil tashkil etilgan)da 2 millionga yaqin asar saqlanadi. Helsinki universitetida 27 mingdan ortiq talaba taʼlim oladi.
Asos solingan sanasi | 1640-yil |
---|
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |