Henrik Edvard Larsson (shved.Henrik Edvard Larsson) — shved futbolchisi,hujumchi.1971-yil 20-sentyabrda Xelsingborgda tugʻilgan.Shotlandiyaning „Seltik“ klubi va Ispaniyaning "Barselona" klublaridagi oʻyinlari bilan tanilgan. 1993-yildan 2002-yilgacha va 2004-yildan 2006-yilgacha boʻlgan davrda Shvetsiya terma jamoasining asosiy futbolchisi boʻlib,1994-yilgi jahon chempionatida bronza medalga sazovor boʻlishgan.2003-yil noyabr oyida u Shvetsiyaning so'nggi 50 yildagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi 2008-yilda u bilan Yevropa chempionatida ishtirok etish uchun terma jamoaga qaytdi.

Klubdagi faoliyatiTahrirlash

 
Larsson „Barselona“ safida

Larsson besh yoshidan futbol o‘ynay boshlagan.Koʻp oʻtmay, u „Xyogaborg“ havaskor futbol klubi maktabiga oʻqishga kirdi.U birinchi jamoada 17 yoshida debyut qilgan. Futbol oʻynash bilan bir qatorda Henrik supermarketda toʻliq boʻlmagan vaqt davomida tovarlarni qadoqlashda ishlagan.

Uning birinchi professional klubi „Xelsingborg“ boʻlib, u yerga 1992-yilda koʻchib oʻtgan.Birinchi mavsumda 31 ta gol urgan Larsson klubga birinchi divizionga chiqishga yordam berdi. Keyingi yili 16 ta gol urgan 22 yoshli Xenrik Shvetsiya chempionatining uchinchi toʻpurariga aylandi.

1993-yilning yozida shvetsiyalik hujumchi Gollandiyaning „Feyenoord“ klubiga oʻtdi.Larsson darhol Rotterdam klubiga moslasha olmadi.Birinchi mavsumda u barcha musobaqalarda 17 ta oʻyin oʻtkazdi va faqat bitta gol urdi. Kelajakda hujumchining oʻyini yanada sermahsul boʻldi va u ikki marta Gollandiya kubogini (shuningdek,Gollandiya chempionatida ikki marta kumush va bir marta bronza) qoʻlga kiritib, oʻzining ilk futbol sovrinlarini qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻldi.

1997-yilda Larsson „Seltik“ga oʻtdi va bu jamoada oʻynash uning faoliyatining choʻqqisiga aylandi.Shotlandiyadagi birinchi mavsumdayoq Henrik 48 rasmiy oʻyinda 19 ta gol urdi va bu „Seltik“ga „Reynjers“ning chempionatdagi oʻn yillik gegemonligini buzishga yordam berdi.Keyingi mavsumda shunga oʻxshash oʻyinlar bilan Larsson ikki baravar koʻp-38 gol urishga muvaffaq boʻldi va shu bilan birga Shotlandiya chempionati toʻpurarlik poygasida gʻolib chiqdi.1999-yil oktyabr oyida UEFA kubogi 2-raundida „Lion“ga qarshi oʻyinda shvedning oyogʻi sinishi tufayli mavsumning koʻp qismini oʻtkazib yubordi[1].Jarohatdan keyingi mavsumda shubhalarga qaramay Larsson oldingi darajaga erisha oldi va faoliyatidagi eng samarali mavsumni oʻtkazdi va barcha musobaqalarda 53 ta gol urdi (shundan 35 tasi chempionatda, bu unga „Oltin butsa“ ni qoʻlga kiritish imkonini berdi).Shu bilan birga „Seltik“ barcha mahalliy sovrinlarni qoʻlga kiritdi.2003-yilda „Seltik“ UEFA kubogi finaliga chiqishga muvaffaq boʻldi, u yerda „Portu“ga 2:3 hisobida magʻlub boʻldi va Henrik shotlandlar uchun ikkala golni ham kiritdi (u ushbu turnirda 12 marta gol urishga muvaffaq boʻldi).Klubni tark etgunga qadar Larsson doimiy ravishda Shotlandiya chempionatining eng yaxshi toʻpurari boʻlib kelgan.Umuman olganda u „Seltik“ tarkibida 315 ta oʻyin oʻtkazdi va 242 ta gol urdi.Bu esa uni Jimmi MakGrori (470 gol) va Bobbi Lennoks (273 gol) dan keyin „Seltik“ tarixidagi eng koʻp gol urish boʻyicha uchinchi oʻringa qoʻydi.

33 yoshida Larsson "Barselona" ga koʻchib oʻtdi va jamoaning rotatsiyasida oʻyinchiga aylandi, bu uning ish faoliyatini sezilarli darajada pasaytirdi.2006-yilda u kataloniyaliklarga Yevropa Chempionlar kubogini yutishda yordam bergan.Londonning „Arsenal“ jamoasiga qarshi kechgan final bahsida u ikkita golli uzatmani amalga oshirib, „Barselona“ga 2:1 hisobida irodali gʻalaba qozonishga yordam berdi.Ispaniyadagi ikki yillik faoliyatidan soʻng Henrik koʻproq oʻyin amaliyotiga ega boʻlish istagini aytib, kataloniyaliklar bilan shartnomani uzaytirmaslikka qaror qildi.Henrik „Barselona“ muxlislari tomonidan jamoaning ajoyib oʻyinchisi sifatida qabul qilinadi va uni futbol oʻyinlari paytida shaxsiy qoʻshiq aytishi bilan sharaflaydi, bu faqat bir nechta oʻyinchilarga bildirilgan hurmat va faxrdir[2].

Natijada Larsson oʻz vataniga „Xelsingborg“ga qaytishga qaror qildi.Hujumchining oʻyini avvalgi koʻrsatkichlarini tikladi,112 uchrashuvda u 56 ta gol urishga muvaffaq boʻldi va vatanidagi yagona sovrin-Shvetsiya kubogini qoʻlga kiritdi.

2007-yilning 1-yanvaridan 12-martigacha boʻlgan davrda u "Manchester Yunayted"da ijara asosida oʻynadi va u yerga Aleks Fergyusonning shaxsiy iltimosiga koʻra koʻchib oʻtdi. Ingliz klubi hujumchilar bilan muammolarga duch kelgan edi va Larsson uchun bu Shvetsiya chempionatida mavsum oraligʻida jismoniy holatni saqlab qolish imkoniyati edi.Uni mankunianliklar Chempionlar ligasi pley-off oʻyinlariga qoʻshib olishdi[3].

Larsson faoliyatidagi soʻnggi oʻyinni 2009-yil 28-oktyabrda „Xelsingborg“ tarkibida oʻtkazdi.Shundan soʻng u futbolchilik faoliyatini yakunlashga qaror qildi[4].2012-yilda Henrik oʻzining futbolchilik faoliyatini davom ettirdi.Shvetsiyaning uchinchi divizioni „Roo“ klubi va havaskor „Xyogaborg“da bir necha oʻyin oʻtkazdi.Bu yerda uning katta futbolga yoʻli boshlangandi.

Xalqaro faoliyatTahrirlash

Larssonning „Xelsingborg“dagi yorqin oʻyini Shvetsiya terma jamoasi murabbiylari eʼtiboridan chetda qolmadi.U 1993-yil oktyabr oyida finnlarga qarshi oʻyinda debyut qilgan.Debyut uchrashuvida hujumchi gol urishga muvaffaq boʻldi[5].Bir yil oʻtgach, u birinchi jahon chempionatiga bordi.U yerda shvedlar bronza medallarini qoʻlga kiritdilar.Larsson jamoaning asosiy oʻyinchisi emas edi, lekin u muntazam ravishda oʻyinlar paytida maydonga tushdi va 3-oʻrin uchun oʻyinda Bolgariya terma jamoasi darvozasiga gol urdi.

Yevro-2000 da shvedlar guruhdan chiqa olmadilar va Larsson uchta oʻyinda atigi bir marta gol urdi.2002-yilgi jahon chempionatida u allaqachon jamoaning asosiy zarba beruvchi kuchi sifatida ketayotgan edi.Uning Nigeriya termasi bilan o‘yindagi dubli shvedlarga guruh bosqichidagi yagona g‘alaba va musobaqaning pley-off bosqichiga yo‘llanmani taqdim etdi.1/8 final oʻyinida Larsson Senegal darvozasini ishgʻol qilishga muvaffaq boʻldi, ammo afrikaliklar 2:1 hisobida irodali gʻalaba qozonishdi.Jahon chempionatidan keyin Henrik terma jamoani tark etishga qaror qildi, ammo u Yevro-2004ga qaytdi.Shvetsiya gazetalaridan biri Larssonning terma jamoaga qaytishi uchun 110 mingdan ortiq muxlislar imzosini toʻplagan va imzo qoʻyganlar orasida mamlakat bosh vaziri,UEFA prezidenti Lennart Yoxansson ham bor edi, u shaxsan Henrikdan fikrini oʻzgartirishni soʻragan[6].

Koʻp oʻtmay Larsson Zlatan Ibragimovich bilan juda samarali hujum duetini yaratdi.Yevropa chempionatining chorak finalida shvedlar Gollandiya termasiga faqat penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘lishdi (Henrik oʻz zarbasini golga aylantirgandi).Germaniyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatida shvedlar pley-offning birinchi bosqichida turnir mezbonlari bilan toʻqnash kelishgan va 0:2 hisobida magʻlub boʻlishgan.Larssonda terma jamoasini o‘yinga qaytarish imkoniyati bor edi, biroq ikkinchi bo‘lim boshida u penaltini golga aylantira olmadi.

Yevro-2008ga kelib jahon chempionatidan keyin terma jamoani tark etishga vaʼda bergan Larsson, shunga qaramay jamoaga qaytdi.Ammo bu shvedlarga yordam bermadi: guruhdan chiqish uchun hal qiluvchi bahsda shvedlarRossiyadan 0:2 hisobida magʻlub boʻlishdi.2008-yilning 6-sentyabrida u Shvetsiya terma jamoasi safidagi 100-uchrashuvini oʻtkazdi.Bu Albaniyaga qarshi 2010-yilgi jahon chempionati saralash bahsi edi[7].U terma jamoadagi soʻnggi oʻyinini 2009-yilning 6-iyunida Stokgolmda Daniyaga qarshi oʻtkazdi[8].

Murabbiylik faoliyatiTahrirlash

2009-yilning dekabr oyidan boshlab uch yil davomida Shvetsiyaning ikkinchi kuchli ligasi Superettanda[9] oʻynaydigan „Landskrona“ jamoasida bosh murabbiy boʻlib ishladi.Biroq u hech qachon uni Shvetsiyaning eng kuchli ligasiga olib chiqa olmadi.2012-yilning noyabr oyida „Landskrona“ni tark etgach,Larsson oʻz faoliyatini boshlagan va 16 yoshli oʻgʻli yarim himoyachi sifatida oʻynagan toʻrtinchi divizion jamoasi „Høgaborg“ga yordam berdi.2013-yil dekabr oyida u „Falkenberg“ jamoasini boshqargan va u 2012/13-yilgi mavsum oxirida Shvetsiyaning eng kuchli ligasiga yoʻl olgan[10].Larsson jamoani Shvetsiya oliy ligasida saqlab qolishga muvaffaq boʻldi, ammo 2014-yil oxirida tugaydigan shartnomani uzaytirmaslikka qaror qildi[11].2014-yil 10-noyabrda Henrik Larsson „Xelsingborg“ bosh murabbiyi etib tayinlandi.U 1992-1993 va 2006-2009-yillarda futbolchi sifatida oʻynagan[12].2016-yilgi mavsum oxirida „Xelsingborg“ 23 yil ichida birinchi marta Shvetsiya oliy ligasida qola olmadi, shundan soʻng Larsson jamoani tark etdi[13].U klubni imkon qadar tezroq elit divizionga qaytarish uchun zarur qayta qurish foydasiga shartnomasini bekor qilinganligi uchun toʻlanishi kerak boʻladigan tovon pulidan bosh tortdi[14].

2019-yil 16-iyunda u bir mavsumga shartnoma imzolab, „Xelsingborg“ bosh murabbiyi lavozimiga qaytdi[15].

2020-yilning 19-avgustida u „Barselona“da Ronald Kumanning yordamchisiga aylandi[16].

YutuqlariTahrirlash

Jamoaviy

"Feyenoord"

"Seltik"

"Barselona"

"Manchester Yunayted"

"Xelsingborg"

Shvetsiya terma jamoasi

Shaxsiy

Tan olinishiTahrirlash

2003-yil noyabr oyida Shvetsiya futbol assotsiatsiyasi UEFAning 50 yilligini nishonlash doirasida Larssonni Shvetsiyaning soʻnggi 50 yildagi eng yaxshi futbolchisi deb topdi.2005-yilda Henrik oʻzining futbol va xayriya ishlarini eʼtirof etgan holda Stratklid universiteti (Glazgo) faxriy unvoniga sazovor boʻldi.2006-yil may oyida Buyuk Britaniyaning Ispaniyadagi elchisi Stiven Rayt Barselonadagi „Kamp Nou“ stadionida qirolicha Yelizaveta II nomidan Larssonni Britaniya futboli rivojiga qoʻshgan hissasi uchun Britaniya imperiyasi ordeni bilan taqdirladi[18][19].

Shahsiy hayotTahrirlash

Henrikning otasi Afrikaning gʻarbiy qirgʻoqlaridan 620 kilometr uzoqlikda joylashgan Kabo-Verde orolidan. Uylangan.Oʻgʻli-Jordan (1997-yilda tugʻilgan), ayni paytda futbolchi, hozirda Moskvaning „Spartak“ jamoasida oʻynaydi ,amerikalik basketbol yulduzi [20] Maykl Jordan sharafiga ismi qoʻyilgan, qizi-Janel (2002-yilda tugʻilgan)[21].

Florboldagi faoliyatiTahrirlash

Larsson shuningdek 1989-yilda professional raqobatbardoshlik darajasida boshlangan florbol (zalda xokkey toʻpida oʻynash) oʻyinchisi edi.Florbol va futbol oʻrtasida tanlov qilib, u ikkinchi variantni tanlagandi, ammo 2008-yilda futboldagi faoliyatini yakunlab, yana florbolga qaytdi[22].Qaytib kelganidan keyin ikkinchi oʻyinda u oʻyinning eng yaxshi odami deb tan olindi.ikkita golli uzatmani amalga oshirdi[23].

ManbalarTahrirlash

  1. „Самые ужасные травмы в истории футбола.(+18)“. 4-aprel 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 16-noyabr 2012-yil.
  2. Кретов, Максим. „Эпоха великих: Хенрик Ларссон“. Sport.Ru.Спортивный портал. Sport.Ru (20-sentabr 2009-yil). 25-noyabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 24-noyabr 2016-yil.
  3. „Хенрик Ларссон завершил выступления за "Манчестер Юнайтед" на мажорной ноте“. Regnum.ru. ИА Regnum (8-mart 2007-yil). 25-noyabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 24-noyabr 2016-yil.
  4. „Хенрик Ларссон провёл последний матч в карьере футболиста“. 31-oktabr 2009-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 30-oktabr 2009-yil.
  5. „Хенрик Ларссон. Несокрушимый“. 11metrov.Com. 11metrov.Com (1-aprel 2015-yil). 25-noyabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 24-noyabr 2016-yil.
  6. „Ларссон меняет мнение“. 5-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 16-noyabr 2012-yil.
  7. „Ларссон не помог“. 14-sentabr 2008-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 29-sentabr 2008-yil.
  8. „Последний матч Ларссона за сборную“. 8-aprel 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2-avgust 2009-yil.
  9. „Ларссон начал тренерскую карьеру“. 18-yanvar 2010-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 15-dekabr 2009-yil.
  10. „Хенрик Ларссон возглавил шведскую команду «Фалькенберг»“. 18-dekabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 4-dekabr 2013-yil.
  11. „Хенрик Ларссон покинет пост главного тренера «Фалькенберга»“. 10-noyabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 10-noyabr 2014-yil.
  12. „Хенрик Ларссон возглавил «Хельсинборг»“. 11-noyabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 13-noyabr 2014-yil.
  13. „Ларссон ушел в отставку с поста главного тренера «Хельсингборга»“. 24-noyabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 24-noyabr 2016-yil.
  14. „Henrik Larsson lämnar Helsingborgs IF“ (sv). HIF.se. Helsingborgs IF (23-noyabr 2016-yil). 25-noyabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 24-noyabr 2016-yil.
  15. „Хенрик Ларссон снова возглавил "Хельсинборг"“. Спорт-Экспресс (16-iyun 2019-yil). 16-iyun 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 16-iyun 2019-yil.
  16. Арина Ершова. „Хенрик Ларссон станет помощником Кумана в «Барселоне»“ (ru). www.championat.com. 20-avgust 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 19-avgust 2020-yil.
  17. Naryadu s Kennetom Anderssonom.
  18. „Елизавета II наградила Хенрика Ларссона“. «Коммерсантъ». «Коммерсантъ», АО (11-may 2006-yil). 25-noyabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 24-noyabr 2016-yil.
  19. „Хенрик Ларссон получил Орден Британской Империи“. Евро-Футбол. Euro-Football.Ru (9-may 2006-yil). 25-noyabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 24-noyabr 2016-yil.
  20. Дутт, Суджай. „Вундеркинд недели: Джордан Ларссон“. Uefa.Com. УЕФА (21-may 2016-yil). 25-noyabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 24-noyabr 2016-yil.
  21. MacDonald, Stuart. „Henrik Larsson And Scots Charity Help Kids“ (en). Daily Record. Scottich Daily Record and Sunday Mail Ltd (28-noyabr 2007-yil). 25-noyabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 24-noyabr 2016-yil.
  22. „Хенрик Ларссон стал хоккеистом“. Goal.net.ua (21-noyabr 2008-yil). 16-iyun 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 16-iyun 2019-yil.
  23. „10 футболистов и тренеров, которые добились успехов в других видах спорта“. Чемпионат.ком (9-yanvar 2018-yil). 16-iyun 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 16-iyun 2019-yil.

HavolalarTahrirlash