Armand Hippolyte Louis Fizeau (talaffuzi: Arman Ippolit Lui Fizo; (23-sentabr 1819-yil, Parij — 18-sentabr 1896-yil, Vantyoy qalʼasi) — fransuz fizigi. London Qirollik jamiyati aʼzosi (1875). Parij Fanlar akademiyasi aʼzosi (1860), prezidenti (1878). Kollejda va Parij rasadxonasida oʻqigan. Parij politexnika maktabi direktori (1863-yildan). Shu maktab professor (1865—67). Ilmiy ishlari fizik optikaga oid. Aylanuvchi tishli gʻildirak yordamida yorugʻlik tezligini oʻlchash usuli (Fizeau usuli)ni ishlab chiqqan (1849), yer sharoitida birinchi marta yorugʻlik tezligini oʻlchagan. Harakatdagi suvda yorugʻlik tezligini oʻlchagan (Fizo tajribasi, 1851). Fizeau tajribasi yoruglikning toʻlqin nazariyasini, tezliklarni qoʻshishning relyativistik formulasini tasdiklashda muhim rol oʻynaydi.

Hippolyte Fizeau
Tavalludi 23-sentyabr 1819[1]
Vafoti 18-sentyabr 1896[1]
Fuqaroligi Fransiya[2]

Dopler effektini toʻgʻri talqin etgan (Doppler — Fizeau effekti, 1848). Yorugʻlikning interferensiyasini kuzatish usulini (1849) va qattiq jismlarning kengayish koeffitsiyentini oʻlchashning interferension usulini (1852) ishlab chiqqan. Induksion gʻaltak, interferension spektroskop, dilatometr yasagan.

Manbalar tahrir