Holda
Holda (nemischa: huld — iltifotli, doʻstona, rahmdil) — german qishloq xoʻjaligi va ayollar hunarmandchiligi homiysi. Skandinaviya Huldrasiga yaqin[1]. Yakob Grimm uni german maʼbudasi deb hisoblagan. Shu bilan birga, u koʻplab yosh qiz, kampir, yigiruvchi, qishki boʻronlar bekasi, Yovvoyi ovning yoʻlboshchisi timsollarida odamlar oldida paydo boʻladi[2].
OnomastikaTahrirlash
nemischa: huld („iltifotli, doʻstona, rahmdil“), oʻrta oliy nemischada hulde, qadimgi oliy nemischada huldī („doʻstona“). Dan tili va shvedchada huld („halol, iltifotli“), islandcha hollur („vafodor, sadoqatli“), oʻrta inglizcha hold, holde, eski inglizcha hold („mehribon, doʻstona, xushmuomala, xayrixoh, vafodor, sadoqatli, yoqimli, ulugʻvor“), proto-german tilidan hulþaz („mehribon, xushmuomala, sodiq“), proto-hind-yevropa tilidan *kel- („egilish, qayirish, bukish“)[3] bilan tengdosh.
Xuldana nomi milodiy 197-235 yillardagi beshta lotin hujjatlarida uchraydi: uchtasi Yuqori Reynda (Corpus Inscriptionum Latinarum XIII 8611, 8723, 8661), bittasi Myunstereyfelda (CIL XIII, 7944)[4] va yana biri Bitgumda (CIL XIII, 8830)[5]. Bu nomni talqin qilishga koʻp urinishlar qilingan[6].
Yana qarangTahrirlash
ManbalarTahrirlash
- ↑ Th. Westrin. „Huldra“ (sv). Nordisk familjebok. runeberg.org (1909). Qaraldi: 24-oktabr 2018-yil.
- ↑ Edgar A. List (03 1956). Is Frau Holda the Virgin Mary? (The German Quarterly nashri). pp. 80—84.
- ↑ „hold“ (en). Online Etymology Dictionary. www.etymonline.com. Qaraldi: 24-oktabr 2018-yil.
- ↑ „Epigraphik Datenbank“. db.edcs.eu. Qaraldi: 24-oktabr 2018-yil.
- ↑ „Epigraphik Datenbank“. db.edcs.eu. Qaraldi: 24-oktabr 2018-yil.
- ↑ U. Ph. Boissevain (1888). De inscriptione Romana apud Frisios reperta (Mnemosyne, New Series nashri). pp. 440.