Horun ar-Rashid
Horun ar-Rashid (763 yoxud 766 - 809.24.3) — abbosiylar sulolasidan boʻlgan xalifa (786 yildan). Eron zodagonlari manfaatini ifoda etuvchi barmakiylar xonadonidan chiqqan vazirlar yordamida hokimiyatni idora qilgan, 803 yil barmakiylarni qirgʻin qilgach, davlatni yakka oʻzi boshqargan. H. arR. davrida mamlakatda qishloq xoʻjaligi, hunarmandchilik, savdo va madaniyat (asosan, adabiyot) ancha rivojlangan. Lekin shu bilan birga davlatning tanazzulga yuz tutganligining belgilari ham namoyon boʻla boshlagan (Daylam, Suriya va boshqa viloyatlardagi qoʻzgʻo-lonlar). H. arR. Vizantiya bilan oʻtmishdoshlari boshlagan urushni davom ettirgan. H. arRashid shaxsi haqida koʻplab rivoyatlar, badiiy asarlar yaratilgan. "Ming bir kecha" ertaklarida u olijanob, adolatli hukmdor sifatida tasvirlangan. Movarounnahrdagi Rofi ibn Lays qoʻzgʻoloninn bos-tirish uchun harbiy safarga chiqqanda vafot etgan.
Horun ar-Rashid هَارُون الرَشِيد | |||
| |||
---|---|---|---|
786-yil 14-sentabrdan — 809-yil 24-martgacha | |||
Oʻtmishdoshi: | Al-Hadi | ||
Vorisi: | Muhammad Al-Amin | ||
Dini: | islom, sunniylik | ||
Tavalludi: | 763-yil 17-mart | ||
Vafoti: | 809-yil 24-mart Tus Bag'dod xalifaligi | ||
Otasi: | Al-Mahdi | ||
Onasi: | Al-Hayzuran | ||
Xotini: | 27 ta | ||
Bolalari: | Muhammad Al-Amin, Maʼmun | ||
AdabiyotTahrirlash
- Bartold V.V., Karl Velikiy i Xarun arRashid, Sochineniya, t.6, M., 1966; Men A., Musulmanskiy Renessans, M., 1972.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |