Human Rights Watch (talaffuzi: Hyuman Raits Votch; HRW) — inson huquqlariga doir tadqiqot va targʻibot ishlarini olib boradigan xalqaro nodavlat tashkilot boʻlib, bosh offisi New York shahrida joylashgan.[1] Guruh hukumatlar, siyosatchilar, kompaniyalar va ayrim inson huquqlari buzuvchilariga inson huquqlari buzilishini qoralaydi hamda bu huquqlarni hurmat qilishni talab qiladi. Guruh koʻpincha qochqinlar, bolalar, muhojirlar va siyosiy mahbuslar nomidan faoliyat yuritadi.

Hrw logo.svg

Human Rights Watch 1997-yilda Piyodalarga qarshi minani taqiqlash bo'yicha xalqaro harakatning taʼsischisi oʻlaroq Tinchlik boʻyicha Nobel mukofotiga loyiq topildi hamda 2008-yilgi kasseta oʻq-dorilarni taqiqlash toʻgʻrisidagi konvensiyada yetakchi rol oʻynadi.[2]

Tashkilotning yillik xarajatlari 2011-yilda $50.6 millionni,[3] 2014-yilda $69.2 millionni[4] va 2017-yilda $75.5 millionni tashkil etdi.[5]

ManbalarTahrirlash

  1. Frequently Asked Questions. Human Rights Watch.
  2. History (21 April 2015).
  3. Financial Statements, Year Ended June 30, 2011. Human Rights Watch.
  4. Financial Statements, Year Ended June 30, 2014. Human Rights Watch.
  5. Annual Report 2017. Human Rights Watch.

HavolalarTahrirlash