Hurricane Tyra Black
Hurricane Tyra Black (talaffuzi: Hurricane Tira Blek; 2001-yil 2-martda tugʻilgan) — Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi professional tennischi.
Hurricane Tyra Black | |
---|---|
Mamlakat | AQSh |
Tugʻilishi |
2-mart 2001-yil AQSh |
Ishlatadigan qoʻli | Oʻng qoʻl |
Olgan jami pul mukofot(lar)i miqdori | $US$ 21,503 |
Yakkalik bahslar | |
Rekordi | 16–13 |
Jami titullari | 4 ITF |
Eng yuqori pozitsiyasi | 483-son (2021-yil 12-iyul) |
Joriy pozitsiyasi | 502-son (2022-yil 7-fevral) |
Juftlik bahslari | |
Rekordi | 2–4 |
Jami titullari | 2 ITF |
Eng yuqori pozitsiyasi | 896-son (2022-yil 17-yanvar) |
Joriy pozitsiyasi | 900-son (2022-yil 7-fevral) |
Soʻnggi marta yangilandi: 2022-yil 7-fevral. |
Biografiyasi tahrir
Tyra Hurricane — Silvestr Black va Gayal Blackning farzandni. Uning otasi Yamaykaning Devis Kubogi tennis jamoasida oʻynagan[1].
Black uch yoshida tennis oʻynashni boshlagan. U sport bilan shugʻullangan yillar davomida eng yaxshi koʻrgan joyi qattiq kortlar ekanligini taʼkidlagan.
Unga koʻplab professional tennischilar, jumladan Serena vaVenus Williamslar ustozlik qilgan Rick Macci murabbiylik qilgan.
Biroq, uning ITF turniridagi yagona oʻyini Turkiyaning Antaliya shahrida boʻlgan. Amerikalik shvetsariyalik tennischi Svenja Ochsner bilan hamkorlikda 2020-yil dekabr oyida juftlik turnirida gʻolib chiqqan.
Amerika va Shveysariya dueti toʻrtta qiyin toʻqnashuvdan muvaffaqiyatli oʻtishgan. Xususan, chorak finalda turkiyalik Cemre Anil hamda xorvatiyalik Ena Kajevic juftligi oʻzaro toʻqnash kelgan. Uchinchi set taybreyker kutilgan oʻn ochkodan oshib ketgan. Black va Ochsner yakunda 11-9 hisobida gʻalaba qozongan.
Finalga yoʻl olgan juftlik Gergana Topalova va Daniela Vismaneda mos ravishda Bolgariya va Latviyalik raqiblariga qarshi chiqqan. Ajablanarlisi shundaki, final oʻyini ularning chempionlik davridagi eng oson oʻyini boʻlib, ketma-ket setlarda 7-6 7-5 hisobida gʻalaba qozonishgan[2].
Gʻalaba Blackga birinchi ITF unvonini bergan va u muvaffaqiyati uchun 478 dollar mukofot puli olgan.
2022-yil Black uchun omadli boshlangan, u 3 hafta ichida ikki marta 15 000 AQSh dollari miqdoridagi ITF professional yakkalik chempionligini qoʻlga kiritgan[3].
ITF finalidagi faoliyat statistikasi tahrir
Yakkalik: 7 (5 unvon, 2 ikkinchi oʻrin) tahrir
|
Natija | W-L | Sana | Turnir | Darajali | Maydon turi | Raqib | Hisob |
---|---|---|---|---|---|---|---|
Magʻlubiyat | 0-1 | 2019 | ITF Hua Xin, Tailand | 25 000 | Qattiq maydon | Lesley Pattinama Kerkhove | 3-6, 4-6 |
Gʻalaba | 1-1 | 2021 | ITF Antaliya, Turkiya | 15 000 | Tuproqli maydon | Federica Bilardo | 2-6, 6-4, 6-4 |
Magʻlubiyat | 1-2 | 2021 | ITF Cundinamarca, Kolumbiya | 15 000 | Tuproqli maydon | María Herazo González | 6-7 (5-7), 6-3, 6-7 (3-7) |
Gʻalaba | 2-2 | 2021 | ITF Guatemala Siti, Gvatemala | 15 000 | Tuproqli maydon | Olivia Lincer | 7-5, 6-3 |
Gʻalaba | 3-2 | 2022 | ITF Antaliya, Turkiya | 15 000 | Tuproqli maydon | Barbora Palicová | 6-0, 6-4 |
Gʻalaba | 4-2 | 2022 | ITF Antaliya, Turkiya | 15 000 | Tuproqli maydon | Ilay Yörük | 6-2, 4-6, 6-4 |
Gʻalaba | 5-2 | 2022 | ITF Santo Domingo, Dominikan Respublikasi | 25 000 | Qattiq maydon | Jana Kolodynska | 6-3, 6-3 |
Juftliklar: 3 (2 ta unvon, 1 ikkinchi oʻrin) tahrir
|
Natija | W-L | Sana | Turnir | Darajali | Maydon turi | Hamkor | Hisob |
---|---|---|---|---|---|---|---|
Gʻalaba | 1-0 | 2020-yil dekabr | ITF Antaliya, Turkiya | 15 000 | Tuproqli maydon | Svenja Ochsner | 7-6 (2), 7-5 |
Gʻalaba | 2-0 | 2021-yil noyabr | ITF Cundinamarca, Kolumbiya | 15 000 | Tuproqli maydon | Rushri Wijesundera | 7-6 (13-11), 5-7, [10-4] |
Magʻlubiyat | 2-1 | 2021-yil noyabr | ITF Guatemala Siti, Gvatemala | 15 000 | Tuproqli maydon | Fernanda Astete | 6-4, 6-7 (1-7), [5-10] |
Manbalar tahrir
- ↑ 'Parents of Tornado, Hurricane Black say names are part of marketing strategy' ; Sports Illustrated; SI.com; by Courtney Nguyen, September 19, 2013 s
- ↑ „Hurricane Black Matches | Past Tournaments & More — WTA Official“ (en). Womenʼs Tennis Association. Qaraldi: 2021-yil 6-may.
- ↑ „Hurricane Tyra Black overview“. www.itftennis.com. Qaraldi: 2021-yil 6-may.