Muhammad ibn Abdurahmon ibn Abu Laylo (arabcha: محمد بن عبد الرحمن بن أبي ليلى‎; 693 — 765) (Ibn Abu Laylo nomi bilan ham tanilgan) – musulmon faqih. Milodiy tax. 733-yildan to vafotiga qadar Kufa qozisi boʻlib xizmat qilgan. Ahl ar-Raʼyning yetuk namoyandalaridan biri hisoblanib, hanafiy huquq mazhabining asoschisi boʻlgan kufalik faqih Abu Hanifaning zamondosh edi.

Ibn Abu Laylo
بن أبي ليلى
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi 693
Vafoti 765 (72 yoshda)
Dini Islom
Ustozlar Ata ibn Abu Rabo, Amir ash-Shaʼbiy

Biografiya

tahrir

Ibn Abu Laylo 693-yilda olimlar oilasida tugʻilgan. Otasi Abdurahmon (Ibn Abu Layloning yoshligida vafot etgan) mashhur Kufalik tobein boʻlgan[1]. Bobosi Abu Laylo Muhammadning sahobalaridan biri boʻlgan[2]. Ibn Abu Layloning asosiy fiqh ustozlari ash-Shaʼbiy va al-Hakam ibn Utayba [ar] edi[3]. U bir muddat Ato ibn Abu Rabohning maʼruzalarini ham tinglagan[4]. Umaviylar tomonidan Kufa qozisi etib tayinlangan, ammo qaysi yilda ekanligi nomaʼlum. Baʼzi manbalarda 733-[5] va 741-yillar ehtimoliy sana oʻlaroq keltiriladi[1]. Shogirdlari orasida al-Kisoiy, Vaki ibn al-Jarroh va Sufyon ibn Uyayna bor edi[5]. 765-yilda vafot etgan. Oʻrniga jiyani Abdulloh ibn Iso ibn Abdurahmon tayinlangan[1]. Uning taʼlimotiga ergashuvchilar shofi’iy davrida ham mavjud boʻlgan[1].

Hanafiy manbalarga koʻra, Abu Hanifa va Ibn Abu Laylo ochiq munozaralar oʻtkazishgan, bunda Abu Hanifa oʻz darslarida Ibn Abu Layloni tanqid qilgan. Hanafiy faqih Abu Yusuf dastlab Ibn Abu Layloning ilm halqalarida qatnashgan, soʻngra Abu Hanifaning davrasiga oʻtgan[6]. Abu Yusufga tegishli deb hisoblash mumkin boʻlgan „Ixtilof Abi Hanifa va Ibn Abi Laylo“[7] nomli huquqiy risolada Abu Hanifa va Ibn Abu Laylo oʻrtasidagi 263 ta huquqiy masaladagi kelishmovchiliklar batafsil keltirilgan[8]. Ushbu risolada Ibn Abu Laylo oʻz nuqtai nazarini asoslash uchun hadis yoki Muhammad sahobalarining fikrlarini kamdan-kam keltiradi, aksincha, asosan oʻzining shaxsiy mulohazalariga tayanadi[9].

Adabiyotlar

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Pellat, Ch; Schacht, J., „Ibn Abī Laylā“, Encyclopaedia of Islam New Edition Online (EI-2 English) (inglizcha), Brill, qaraldi: 2024-12-21
  2. Hanif 2018, p. 180
  3. Hanif 2018, pp. 185-186
  4. Motzki 2002, p. 254
  5. 5,0 5,1 „İBN EBÛ LEYLÂ, Muhammed b. Abdurrahman“ (tr). İslâm Ansiklopedisi. Qaraldi: 2024-yil 21-dekabr.
  6. „İBN EBÛ LEYLÂ, Muhammed b. Abdurrahman“ (tr). İslâm Ansiklopedisi. Qaraldi: 2024-yil 21-dekabr.
  7. Hanif 2021, p. 31
  8. Hanif 2021, p. 5
  9. Yanagihashi, Hiroyuki, „Abū Ḥanīfa“, Encyclopaedia of Islam Three Online (inglizcha), Brill, qaraldi: 2024-12-21