Muzlik davri: Dinozavrlar asri

(Ice Age: Dawn of the Dinosaursdan yoʻnaltirildi)

Muzlik davri 3: Dinozavrlar asri (inglizcha: Ice Age: Dawn of the Dinosaurs) – 2009-yilda ekranlarga chiqarilgan AQSh kompyuterli animatsion filmi; Muzlik davri franshizasidagi uchinchi film. Blue Sky Studios studiyasi tomonidan ishlangan, 20th Century Fox kinokompaniyasi tomonidan esa tarqatilgan. Filmga Carlos Saldanha rejissyorlik qilgan. Film bosh qahramonlariga Ray Romano, John Leguizamo, Denis Leary, Chris Wedge, Seann William Scott, Josh Peck, Queen Latifah va Simon Pegg ovoz bergan.

Muzlik davri 3: Dinozavrlar asri
Ice Age: Dawn of the Dinosaurs

Film posteri
Rejissyor(lar) Carlos Saldanha
Prodyuser(lar)
  • Lori Forte
  • John C. Donkin
Ssenariynavis(lar)
  • Michael Berg
  • Peter Ackerman
  • Mike Reiss
  • Yoni Brenner
Hikoya Jason Carter Eaton
Rollarda
Bastakor(lar) John Powell
Muharrir(lar) Harry Hitner
Studiya(lar)
Distribyutor 20th Century Fox
Chiqarilgan sanasi
  • 1-iyul, 2009-yil(2009-07-01)
Davomiyligi 94 daqiqa
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Til inglizcha
Byudjeti $90 million
Daromadi $886 million[1]
Avvalgi film Muzlik davri: Jazirama issiq
Keyingi film Muzlik davri: Ayro qitʼalar

Mazmuni tahrir

Manny Ellie va tugʻilajak bolasi benuqson va xavfsiz hayotda yashashlari uchun astoydil harakat qiladi. Biroq, uning xatti-harakatlari oxir-oqibat oʻzini oila uchun moʻljallanmagandek his etayotgan Diego hamda oʻz oilasiga ega boʻlishni judayam xohlovchi Sid bilan munosabatlari buzilishiga sabab boʻladi. Sid tasodifan uch dinozavr tuxumiga duch kelib, ularni oʻzi bilan olib ketadi. Tuxumdan dinozavrchalar ochib chiqqanda, Sid ularni asrab oladi. Oradan maʼlum vaqt oʻtgach, ona dinozavr paydo boʻlib, Sid va dinozavrchalarni yer ostiga olib ketadi. Manny, Ellie, Diego, Crash va Eddiedan iborat jamoa Sidni qutqarish uchun ona dinozavr ortidan ergashadi va yer osti changalzori tomon xavfli sayohatga yoʻl oladi. Dinozavrlar makoni boʻlmish mazkur changalzorda jamoa Buck ismli bir koʻzli latcha bilan tanishadi. Buck ularga changalzordagi xatarlarni yengishga va Rudy laqabli barioniksga qarshi turishda yordamlashadi. Qiyinchiliklarga qaramay, jamoa Sidni qutqarishga muvaffaq boʻladi. Ellie kichkintoy mamontni dunyoga keltiradi. Unga „Shaftoli“ deb ism qoʻyishadi. Pirovardida jamoa dinozavr doʻstlarini bilan xayrlashib, uyga eson-omon qaytadi.

Ovoz berganlar tahrir

Manbalar tahrir

  1. „Ice Age: Dawn of the Dinosaurs“. Box Office Mojo. Qaraldi: 8-sentabr 2009-yil.
  2. Truitt, Brian. „Exclusive: 'Ice Age' squirrel to make Macy's debut“. USA Today (2015-yil 22-oktyabr). 2015-yil 30-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 29-oktyabr.

Havolalar tahrir