Idalgo (shtat)
Idalgo — Meksikadagi shtat. Mamlakatning markaziy qismida, Meksika yassitogʻligining janubi-sharqida. Mayd. 20,9 ming km2. Aholisi 2,2 mln. kishi (2000). Maʼmuriy markazi — Pachuka sh. Aholi, asosan, vodiylarda yashaydi. Yer yuzasi plato boʻlib, oʻrtacha bal. 2000 m; alohida choʻqqilari 3000 m va undan ziyod. Sharqiy Syerramadre togʻ sistemasi I. hududini Meksika qoʻltigʻidan ajratib turadi. Oʻrtacha oylik temperatura 16—20°. Yiliga 300–600 mm yogʻin yogʻadi, tez-tez qurgʻoqchilik boʻlib turadi.
| ||
Shtat | ||
---|---|---|
Tarkibida | 84 munitsipalitet | |
Maʼmuriy markazi | Pachuka | |
Yirik shahari | Pachuka | |
Asos solingan sanasi | 15 yanvar 1869 | |
Gubernator | Fransisko Olvera Ruis (Francisco Olvera Ruiz), PRI с 31.03.2011 | |
Rasmiy tili | ispan | |
Aholi (2010) | 2 665 018 | |
Zichligi | 126,98 kishi./km² | |
Millatlar tarkibi | Metislar, asteklar, otomlar, tepeua, oqlar. | |
Dinlar tarkibi | Katoliklar (90,1 %), protestantlar va evangellar (5,2 %), boshqa nasroniylar(1,3 %), yahudiylar (0,1 %), boshqa dinlar(0,4 %), ateistlar vaagnostiklar (1,6 %). | |
Maydoni | 20 987 km² (26-oʻrin) | |
Balandligi dengiz sathidan Baland choʻqqisi |
3350 m | |
Kengligi | 21º 24' — 19º 36' N | |
Uzunligi | 97º 58' — 99º 54' E | |
Vaqt mintaqasi | UTC-6 | |
Kod ISO 3166-2 | MX-HID | |
Pochta indeksi | Hgo. | |
Rasmiy sayti | http://www.hidalgo.gob.mx/ | |
Xaritada | ||
20°28′42″N 98°51′49″W / 20.47833°N 98.86361°W |
Aholisining koʻp qismi qishloq xoʻjaligi da band. Asosan, mevali daraxtlar oʻstiriladi, sabzavot ekinlari va shakarqamish ekiladi. Shtatning sharqiy qismida yaylov chorvachiligi rivojlangan.
Oltin va kumush konlari bor. Mashinasozlik (vagonlar, yuk mashinalari, toʻqimachilik mashinalari), ne-ftni qayta ishlash, sement, rangli metallurgiya sanoati korxonalari mavjud. Yirik sanoat shaharlari: Syudad-Saagun, Tula.[1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |