Ijtimoylashuv
Ijtimoylashuv tushunchasiTahrirlash
«Ijtimoylashuv» atamasini birinchi boʻlib amerikalik sotsiolog F.G.Keddings insonlarga nisbatan qo`llagan. U oʻzining «Ijtimoylashuv nazariyasi» (1987) kitobida «ijtimoylashuv individ tabiati yoki xarakterining rivojlanishi, insonni ijtimoiy hayotga tayyorlashdir», degan fikrni bildiradi.
Bugungi kunda jamiyatimizda olib borilayotgan siyosatning asosiy maqsadlaridan biri — barkamol avlodni tarbiyalashdir. Barkamol avlod tarbiyasi uchun mas’ul boigan kishilar sifatida psixolog mutaxassislarga bugungi mavzu juda dolzarbdir.
Har birimizning jamiyatdagi oʻrnimiz, uning qachon va qanday sharoitlarda paydo bolgani, jamiyatga qoʻshilib yashashimizning psixologik mexanizmlari jarayoni psixologiyada ijtimoylashuv yoki sotsializatsiya deb yuritiladi. Ijtimoylashuvga oid bir qancha ta’riflar mavjud bo`lib, quyida ulardan bir qanchasining izohi beriladi.
Shaxsning ijtimoylashuviTahrirlash
Ijtimoylashuv (ba’zi adabiyotlarda sotsializatsiya deb berilgan) tushunchasi ijtimoiy-psixologik, sotsiologik, pedagogik kategoriyalardan biri boiib, bu atama shaxsning uni oʻrab turgan tashqi ijtimoiy muhit ta’siri ostida jamiyatdagi mavjud tajribalarni oʻzlashtirishga moyilligi yoki oʻzlashtirganlik darajasini ifodalovchi jarayondir. Bu tushunchaning umumiy ma’nosi ostida individ tugʻilib, uni oʻrab turgan birlamchi va ikkilamchi muhit ta’sirida ulgʻayishi, undan soʻng jamiyatga qoʻshilishi, oʻrgangan barcha tajribalarini atrof
muhitdagilar bilan hamkorlik qilish jarayonida qo`llashi va kimlargadir shu tajribalarni uzatishda vosita bolishi jarayoni tushuniladi.
Ijtimoylashuv inson tomonidan ijtimoiy tajribani egallash, hayot va faoliyat jarayonida uni faol tarzda qollash jarayonidir. Sodda til bilan aytganda, ijtimoiylashuv har bir shaxsning jam iyatga qoʻshilishi, uning me’yorlari, talablari, kutishlari va ta’sirini qabul qilgan holda, har bir harakati va muomalasida uni koʻrsatishi va kerak boʻlsa, shu ijtimoiy tajribasini oʻz navbatida oʻzgalarga oʻrgata olish jarayonidir.
Ijtimoylashuv soʻziga berilgan ta’riflardan eng keng tarqalgani (lot. Socialis — ijtimoiy, jamoaviy) individning jamiyatga kirib borib, undagi hayot uchun zarur boʻladigan malaka, rollar, me’yorlar va qadriyatlarni oʻzlashtirishidir. Ijtimoylashuv jarayonida insonlarda jamiyatdagi muloqotning ishtirokchisi boiishi uchun kerak bo`ladigan ijtimoiy sifatlar, bilimlar, koʻnikmalar shakllanib boradi.
Hozirgi zamon psixologiyasida ijtimoylashuv terminining yana ikkita sinonimi keng qoʻllaniladi: ya’ni bular «shaxs shakllanishi» va «tarbiya» jarayonidir. Ijtimoylashuv «individning jamiyatga kirib borishi», «ijtimoiy ta’sirlarni oʻzlashtirish» hamda «ijtimoiy aloqa jarayonida ulardan foydalanish» kabi tushunchalar orqali ham ifodalanadi.
Ijtimoylashuv — bu bizning jamiyatga qoʻshilib yashashimiz va shu jamiyatda mavjud boʻlgan ijtimoiy tajribalarni o ʻzlashtirishimizdan iborat bo'lgan jarayondir.
Bu jarayon uch bosqichdan iborat holda kechadi individ ijtimoiy tajribani:
- Qabul qilishi, singdirishi;
- Oʻz hayoti, faoliyati, munosabati jarayonida qoʻllashi;
- Oʻzgalarga uzatishi, oʻz ta’sirini oʻtkaza olish jarayonidir.
Ijtimoylashuv borasidagi nazariyalarTahrirlash
Ijtimoylashuv jarayonini turli psixologik ilmiy maktablar turlicha tahlil qilganlar:
- Neobixeviorizm namoyandalari ijtimoylashuv — bu ijtimoiy oʻrganishdir;
- Interaksionizm vakillari ijtimoiy oʻzaro ta’sirlar natijasi;
- Gumanistik psixologiya vakillari esa «Men» konsepsiyasining namoyon boʻlishi deb ta’riflaganlar. Ijtimoylashuv serqirra jarayon boʻlib, yuqorida psixologiyaning ilmiy maktablari namoyandalari tomonidan keltirilgan fikrlar uning faqatgina bir tomonigagina asosiy urgʻu beradilar. Hozirgi kunda jahon psixologlari ijtimoylashuv muammosini ijtimoiy xulq-atvorni boshqarishning dispozitsion konsepsiyasi nuqtayi nazaridan koʻrib chiqishga harakat qilmoqdalar. Bu konsepsiya shaxslar aro munosabatlarga kirisha olish darajasiga bogʻliq boigan ijtimoiy xulq-atvorni boshqarish tizimini tahlil qiluvchi dispozitsiyalar ierarxiyasini oʻz ichiga qamrab oladi.
U ijtimoiylashuv mexanizmlariga quyidagilarni kiritadi: adaptatsiya; identifikatsiya; ishontirish; taqlid qilish.
Adaptatsiya — shaxsning oʻz ichki xususiyatlarini oʻzi yashayotgan muhit xususiyatlaridan kelib chiqqan holda oʻzgartirishi.
ldentifikatsiya — mdivid tomonidan ongli va ongsiz ravishda boshqalarning xulq-atvorini, qadriyatlarini va ijtimoiy me'yorlarini oʻzida qayta tiklashi (o’ziniki qilib oʻzlashtirish).
Taqlid qilish — individ tomonidan ongli va ongsiz ravishda boshqalarning xatti-harakati, yurish-turishi, gapirishini oʻzida qayta tiklash (oʻziniki qilib oʻzlashtirish).
Ishonish — individ tomonidan ongli va ongsiz holatda u bilan muloqotga kirgan insonlarning fikrlari, his-tuygʻulari, dunyoqarashlarini oʻzida qayta tiklash (o'ziniki qilib oʻzlashtirish).
Shaxsning ijtimoylashuvi borasida ish olib borgan olimlardan biri K.Frommdir
ManbalarTahrirlash
- Социализация личности[1]
- Социализация личности: коротко о главном[2]
- Социализация[3]
- Понятие социализация личности[4]
- ПРОБЛЕМА СОЦИАЛИЗАЦИИ В ЗАПАДНОЙ И ОТЕЧЕСТВЕННОЙ НАУКЕ[5]
- ↑ https://studopedia.ru/6_99091_sotsializatsiya-lichnosti.html
- ↑ https://4brain.ru/blog/socialization-of-personality/
- ↑ https://sgpi.ru/user/-288/umk/%D0%A2%D0%B5%D0%BC%D0%B0%203.2.pdf
- ↑ https://psihomed.com/sotsializatsiya/
- ↑ https://nti.s-vfu.ru/sveden/files/Metod_UMP_Socializaciya_lichnosti_Mamedova_Ivanova.pdf