Ilhom Moʻminjonov Ibrohimovich (1979-yil 21-yanvar; Oʻzbekiston SSR, SSSR) – oʻzbekistonlik sobiq futbolchisi, hujumchi pozitsiyasida oʻynagan. Futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan soʻng futbol jamoalarida murabbiy bilan shugʻillangan.

Ilhom Moʻminjonov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Ilhom Moʻminjonov Ibrohimovich
Tavallud sanasi 21-yanvar 1979-yil (1979-01-21) (45 yosh)
Tavallud joyi Oʻzbekiston Toshkent, Oʻzbekiston SSR
Boʻyi 184 cm (6 ft 12 in)
Ampluasi Hujumchi
Vazni 75 kg
Raqami Murabbiy
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1998 Oʻzbekiston MHSK 3 (0)
1999—2002 Oʻzbekiston Traktor (Toshkent) 103 (38)
2003 Oʻzbekiston Navbahor 14 (4)
2004—2006 Oʻzbekiston Traktor (Toshkent) 79 (29)
2006—2007 Oʻzbekiston Lokomotiv (Toshkent) 44 (5)
2007 Oʻzbekiston Quruvchi 32 (15)
Milliy terma jamoa
2001—2007 Oʻzbekiston Oʻzbekiston 3 (0)
Boshqargan klublari
2011—2012 Oʻzbekiston NBU-Osiyo
2013 Oʻzbekiston Paxtakor-2
2014 Oʻzbekiston Oʻzbekiston (U-16) assistent
2016 Oʻzbekiston Paxtakor-2
2016—2018 Oʻzbekiston Navbahor
2019 Oʻzbekiston Surxon
2021—2022 Oʻzbekiston Neftchi (Fargʻona)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Tarjimai holi tahrir

Mehnat faoliyatini 1998-yilda Toshkent MHSK (Markaziy harbiy sport klubi)da boshlagan. Keyingi toʻrt mavsumni Toshkentning „Traktor“ jamoasida oʻtkazgan. Yana bir mavsum Namanganning „Navbahor“ jamoasida toʻp surgan. Yana ikki mavsum Toshkentning „Traktor“ jamoasida oʻynay boshlagan[1].

2006- va 2007-yillarda Toshkentning „Lokomotiv“ va „Toshkent Quruvchi“ (klub nomi 2008-yilda „Bunyodkor“ deb oʻzgartirilgan) jamoalarida oʻynagan.

2007-yilda „Quruvchi“da Oʻzbekiston Oliy ligasi toʻpurari boʻlgan va oʻsha mavsumda Oʻzbekiston chempionati va kubogi kumush medallarini qoʻlga kiritgan.

2001-yilda Oʻzbekiston milliy terma jamoasida ikkita (Birlashgan Arab Amirliklari va Xitoy terma jamoalariga qarshi); 2007-yilda Estoniya terma jamoasiga qarshi bittadan oʻyin oʻtkazgan.

Murabbiylik faoliyati tahrir

Futbolchilik faoliyatini yakunlagach, murabbiylik faoliyatini boshlagan. Ikki yil davomida Toshkentning „NBU-Osiyo“ (Toshkentning sobiq oʻzbek futbol klubi, Oʻzbekiston Milliy banki jamoasi)klubini, 2013-yilda „Paxtakor-2“ jamoasini boshqargan[2].

2014-yilda Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi murabbiylar shtabi aʼzosi boʻlgan[3][4]. 2016-yilda Toshkentning „Paxtakor“ klubi zaxira jamoasi va „Paxtakor-2“ klubini boshqargan[5]. 2016—2018-yillarda Namanganning „Navbahor“ klubi bosh murabbiyi[6], 2019-yilning yanvar oyidan „Surxon Termiz“ jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangan[7][8], biroq fevral oyida u besh yilga diskvalifikatsiya qilingan[9][10][11]. 2020-yilgi mavsumda „Surxon“ jamoasi kafilligi ostida, OʻFA Etika qoʻmitasi qaroriga koʻra diskvalifikasiyasi 2020-yilning 31-dekabriga qadar etib belgilangan[12].

2021-yilgi mavsumda diskvalifikatsiya muddati yakunlanganidan soʻng Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasi bilan toʻrt yillik shartnoma imzoladi[13]. Dastlabki mavsumidayoq Fargʻona jamoasi Oʻzbekiston Pro ligasidan, Oʻzbekiston Superligasiga qaytardi. 2022-yilgi masvumda „Neftchi“ jamoasining Oʻzbekiston Superligasidagi natijalari yomonligi sababli yoz oyida bosh murabbiylikdan ozod qilingan[14][15].

Yutuqlar tahrir

Futbolchi sifatida tahrir

Murabbiy sifatida tahrir

Manbalar tahrir

  1. „Нумон Хасанов назначен главным тренером молодежной команды "Пахтакор"“. FC Pakhtakor (24-iyul 2012-yil). [sayt ishlamaydi]
  2. „Ilhom Mo'minjonov "Paxtakor" yoshlar jamoasiga ustozlik qiladi“ (2014-yil 8-yanvar).
  3. Ilxom Muminjonov budet trenirovat molodix paxtakorovsev (in Russian). Championat.asia. 8 January 2013.}
  4. „Rasmiy xabar: O'zbekiston U-19 terma jamoasini Armanistonga Ilhom Mo'minjonov olib boradi“ (05 iyu 2014).
  5. „ru:Илхом Муминжонов будет тренировать молодых пахтакоровцев“ (Russian). Championat.asia (2013-yil 8-yanvar).
  6. „Ilhom Mo'minjonov “Navbahor” bosh murabbiyi“ (2016-yil 6-noyabr).
  7. „Rasmiy xabar: Ilhom Mo'minjonov - "Surxon" bosh murabbiyi“ (2018-yil 25-dekabr).
  8. „Rasmiy xabar: Ilhom Mo'minjonov o'rniga "Surxon"ga yangi bosh murabbiy tayinlandi“ (2019-yil 8-fevral).
  9. „Ilhom Mo'minjonov “Navbahor”ning bir qator futbolchilarini o'yinni sotishga undagani uchun 50 million so'm jarimaga tortildi hamda 5 yilga futboldan chetlatildi“ (2019-yil 24-aprel).
  10. „Ilhom Mo'minjonov unga bo'lgan tuhmat, Omon G'ofurovning bo'xtonlari, O'FA bilan sudlashishi, "Navbahor"dan ketgani va Turg'unboev "Paxtakor"da o'ynamoqchi bo'lgani haqida sensacion intervyu berdi“ (12 iyu 2019).
  11. „8 oy oldin 5 yilga futboldan chetlatilgan Ilhom Mo'minjonov keyingi yil murabbiylikka qaytishi mumkin“ (2019-yil 14-noyabr).
  12. „Ilhom Mo'minjonovning diskvalifikaciya muddati qisqartirildi“. Championat.asia (2020-yil 25-fevral).
  13. „Kuni kecha diskvalifikaciyasi tugagan Ilhom Mo'minjonov "Neftchi" bilan 4 yillik shartnoma imzoladi“ (2021-yil 2-yanvar).
  14. „"Neftchi" tasdiqladi: Mo'minjonov klubni tark etdi“ (02 iyu 2022).
  15. „"Neftchi". Mo'minjonovdan nima qoldi?“ (03 iyu 2022 16:00).
  16. „Oliy liganing barcha snayperlari“ (2015-yil 28-oktyabr).

Havolalar tahrir