Ilya Pyatetskiy-Shapiro
Ilya Iosifovich Pyatetskiy-Shapiro (ruscha: Илья Иосифович Пятецкий-Шапиро) (30-mart 1929-yil — 21-fevral 2009-yil) — Sovet Ittifoqida tugʻilgan isroillik matematik. Sonlarning analitik nazariyasi, guruhlarni ifodalash nazariyasi va algebraik geometriya sohalari mutaxassisi. 1990-yil Wolf mukofoti bilan taqdirlangan.
Ilya Iosfivofich Pyatetskiy-Shapiro | |
---|---|
Tavalludi |
30-mart 1929-yil Moskva, Sovet Ittifoqi |
Vafoti |
21-fevral 2009-yil (79 yoshda) Tel-Aviv, Isroil |
Fuqaroligi |
Sovet Ittifoqi Rossiya Isroil |
Sohasi | Matematika |
Institutlar |
Moskva davlat universiteti Steklov instituti Yale universiteti Tel-Aviv universiteti |
Akademik rahbarlari | Alexander Buchstab |
Mashhur shogirdlari |
Boris Moishezon Zeev Rudnick Mina Teicher Andrey Toom Leonid Vaseršteĭn Ernest Vinberg |
Mashhur ishlari |
Avtomorf shakllar L-funksiyalar |
Mukofotlari |
Isroil mukofoti (1981) Wolf mukofoti (1990) |
Pyatetskiy-Shapiro Moskva universitetida tahsil olgan. Moskva pedagogika institutida aspiranturaga kirgan va 1954-yilda Aleksander Buxshtab rahbarligida fan nomzodi darajasini olgan. Moskva pedagogika institutidan keyin V. A. Steklov nomidagi matematika institutiga kirgan. Shu yerda 1959-yilda Igor Shafarevich rahbarligida PhD ilmiy darajasini olgan. Shafarevich bilan aloqa Pyatetskiy-Shapironing matematikaga qiziqishlarini kengaytirgan va olim zamonaviy sonlar nazariyasiga va algebraik geometriyaga eʼtibor qarata boshlagan.
Pyatetskiy-Shapiro 60 yillik ilmmiy va oʻqituvchilik faoliyati davomida ham amaliy, ham nazariy matematikaga salmoqli hissa qoʻshgan. Izlanishlarining soʻnggi 40 yilini olim sof matematika, xususan, sonlarning analitik nazariyasi, guruhlarni ifodalash nazariyasi va algebraik geometriyaga bagʻishlagan. Avtomorf shakllar teoriyasi hamda L-funskiyalar sohalariga qoʻshgan hissasi ham eʼtiborga loyiqdir.