Ilya Yakovlevich Kaminskiy (ruscha: Илья Яковлевич Каминский; 1900—1969) — gidrotexnika sohasidagi olim, professor (1945), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1952). Moskva Oliy texnika bilim yurti (MVTU) ni tugatgan (1927). Toshkent "Gidroelektroqurilish" boshqarmasida muhandis (1927—30), Oʻrta Osiyo industrial institutida dotsent (1930—43), kafedra mudiri (1944—69), Farhod GES qurilishida bosh muhandis (1944), Oʻrta Osiyodagi bir necha yirik GESlar qurilishida, boshqarmalarda, ilmiy tadqiqot institutlarida ishlagan. Ilmiy ishlari suv energiyasidan foydalanish masalalariga, gidroenergetika qurilmalarini tadqiq qilishga, gidravlika va gidravlika mashinalarining nazariy masalalariga doyr. K. gidrotexnikaga oid bir necha ilmiy asarlar muallifi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil