Impro-Visor (talaffuzi: Impro-Vayzor) — qoʻshiq matnini va ohangini oʻzida jamlagan yozuvlar (inglizcha: lead sheet) yaratish va eshitish uchun dastur. Impro-Visor asosan jazz sololari bilan ishlash uchun moʻljallangan.

Impro-Visor

Impro-Visor skrinshoti
Ishlab chiqaruvchiRobert M. (Bob) Keller hamda Harvey Mudd kollejining boshqa xodimlari
Chiqish sanasi2006-yil mart
Eng so‘nggi versiyasi7.0 / 29-may 2015-yil
Operatsion sistemaMicrosoft Windows, Mac OS X, Linux
Til(lar)Java
JanrNota tahrirlovchi
LitsenziyaGNU General Public License (erkin)
Vebsayt:cs.hmc.edu/~keller/jazz/improvisor/

Improvizatsiya maslahatchisi tahrir

Impro-Visorning asosiy maqsadi musiqachilarga akkord ketma-ketliklari uchun jazz sololari yaratish imkonini berishdir. Dasturda qisqa improvizatsiyalar (inglizcha: lick) yaratish, saqlash va qayta ishlatishda foydalanish mumkin boʻlgan maʼlumot bazasi bor. Bundan tashqari, Impro-Visorda oʻzgartirish mumkin boʻlgan stoxastik kontekstsiz grammatika yordamida qoʻshiq matnini va ohangini oʻzida jamlagan yozuvlar yaratish mumkin.

Impro-Visorning yangi versiyalarida avtomatik ravishda bir necha uslubdagi akkompanement yaratish mumkin. Bundan tashqari, dastur stilni ham aniqlay oladi. Impro-Visorda maʼlumot matn fayllarda saqlanadi. Shuning uchun dasturni osonlikcha foydalanuvchi ehtiyojlariga moslashtirish mumkin.

Yozuv tahrir

Impro-Visor qoʻshiq matni va ohangini oʻzida jamlagan yozuvlarni matn sifatida saqlab oladi.[1] Bunday yozuvlarni saqlangan matnlardan foydalanib yoki sichqon yordamida yaratish mumkin. Dasturning nota yozuvi jazz musiqachilarga oson boʻlishi uchun qoʻshiq matnini va ohangini oʻzida jamlagan anʼanaviy yozuvlarga oʻxshaydi. Masalan, oʻngdagi suratda berilgan notalarni chiqarish uchun quyidagi yozuvni dasturga kiritish kerak:

 
Matn kiritib notalarni yozish

C C7 | F |

c+2 bb2 bb8 a8 f2.

Bu yozuvning maʼnosi quyidagichadir: C va C7 akkordlari birinchi taktda bir xil masofada joylashadi; F ikkinchi taktda joylashadi; qolgan belgilarning maʼnosi quyidagicha: c ning ohangi („+“ belgisi oʻrta C dan bir oktava baland degani; 2 esa yarim nota degani), bb2 — B bemol yarim nota, bb8 — B bemol sakkiztalik nota va f2. — nuqtali yarim F notasi. Dasturda yana boshqa maʼlumotlarni, masalan, stilni ham kiritish mumkin.

Ton turkumlari tahrir

 
Tonlarni turkumlashtirishda ranglardan foydalanish

Impro-Visor biror-bir akkord bilan birga chalinishi mumkin boʻlgan tonlarni toʻrtga boʻladi.[2] Buning ikkita sababi bor: foydalanuvchi har bir turkumni boshqa rangda koʻra olishiga imkon yaratish va qisqa improvizatsiyalar yaratishni osonlashtirish. Bu turkumlar quyidagilardir:

  • Akkord tonlari: akkorddagi tonlar, yaʼni akkordga eng hamohang tonlar (rasmda qora rang bilan belgilangan);
  • Rangli tonlar: akkordda boʻlmagan, lekin baribir unga hamohang boʻlgan tonlar (rasmda yashil rang bilan belgilangan);
  • Yaqinlashuvchi tonlar: yuqoridagilarning birortasi ham boʻlmagan, lekin ularning biriga xromatik ravishda yaqinlashuvchi tonlar (rasmda koʻk rang bilan belgilangan);
  • Boshqa tonlar: yuqoridagilardan birortasi ham boʻlmagan tonlar (rasmda qizil rang bilan belgilangan).

Grammatik qisqa improvizatsiyalar yaratish tahrir

 
Nota yaratish uchun grammatikadan foydalanib tayyorlangan qisqa improvizatsiya

Notalarni turkumlashtirish musiqachilar solo bastalashda ishlatishi mumkin boʻlgan ohanglarni avtomatik yaratishda juda muhim rol oʻynaydi. Ikkinchi muhim narsa har bir turkum uchum belgiga ega kontekstsiz grammatikadir. Gramatikada yana qulaylik uchun boshqa belgilar ham bor. Grammatika ohang boʻshligʻini turli uzunlikdagi tonlar bilan stoxastik ravishda toʻldirish yoʻllarini belgilab beradi. Har bir grammatik qoida bilan ehtimollikni bogʻlash orqali chiqarilgan ohanglarning distributsiyasini boshqarish mumkin. Masalan, sodda yoki murakkab ohanglarni yaratish mumkin. Akkordlar ketma-ketligi belgilanganda grammatika oʻsha ketma-ketlik boʻylab musiqa yaratishni boshqaradi.[3] Oʻngdagi rasmda qisqa improvizatsiyaga misol keltirilgan. Bu grammatikada barcha notalar ohangdosh boʻlishiga harakat qilingan, shuning uchun unda qizil nota yoʻq.

Grammatik oʻrganish tahrir

Impro-Visorning toʻrtinchi versiyasiga aranjirovka qilingan sololardan grammatika oʻrganuvchi funksiya qoʻshildi.[4][5] Oʻrganilgan grammatika solochining musiqa stilini qaytalaydi. Sololardan yaratilgan mavhum ohanglarni grammatika yordamida oʻxshash ohanglarga misol qatori qoʻshish mumkin. Oʻrganilgan mavhum ohang parchalari orasidagi bogʻlanishlar stoxastik kontekstsiz grammatikaga kiritilgan Markov zanjiri sifatida koʻrsatiladi.

Avto-akkompanement tahrir

Impro-Visor avtomatik ravishda akkompanement yaratadi. Masalan, dastur berilgan akkordlar ketma-ketligidan pianino, bas gitara, baraban akkompanementlarini yaratadi. Stil akkompanementi ohanglarnikiga oʻxshagan matnli notalar yordamida maʼlum modellar asosida yaratiladi.[6] Masalan, swing jazzda koʻp ishlatiladigan lagan (tarelka) modeli quyidagicha belgilanadi:

x4 x8 x8 x4 x8 x8

Bu yerda x4 chorak nota va x8 sakkiztalik nota degani. Ritmning yarmiga teng boʻluvchi sakkiztalik sving notalar dasturda avtomatik ravishda son parametri yordamida chiqariladi. Masalan, 0,67 soni ritm 0,67 + 0,33 = 1 qilib boʻlinganini anglatadi. Shunga oʻxshash modellar akkordlar va bas liniyalar uchun ham ishlatiladi. Bunday modellarda bas liniyalarini stoxastik ravishda yaratish uchun grammatik nota yozuvidagidek nota turkumlarini kodlash sxemasidan foydalaniladi.

Yoʻl xaritalari va akkordlar ketma-ketligi tahlili tahrir

 
Dastur yordamida tayyorlangan yoʻl xaritasi

Impro-Visor qoʻshiq matnini va ohangini oʻzida jamlagan yozuvlar yordamida ohangning yoʻl xaritasini tayyorlaydi. Yoʻl xaritasi garmonik stillarni anglatuvchi gʻishtlarning ketma-ketligidir.[7] Bu metodda foydalaniladigan atamalar Conrad Cork[8] hamda John Elliott[9] asarlaridan olingan.

Manbalar tahrir

  1. Keller, Robert M. „Impro-Visor Leadsheet Notation“. Harvey Mudd College 10 (5-oktabr 2005-yil). Qaraldi: 5-yanvar 2016-yil.
  2. Rober M., Keller; David Morrison; Stephen Jones; Belinda Thom; Aaron Wolin „A Computational Framework Enhancing Jazz Creativity“. Harvey Mudd College 6. Qaraldi: 5-yanvar 2016-yil.
  3. Keller, Rober M.; David R. Morrison „A Grammatical Approach to Automatic Improvisation“. 4th Sound and Music Computing Conference 8 (11-iyul 2007-yil). Qaraldi: 5-yanvar 2016-yil.
  4. Gillick, Jon; Kevin Tang; Robert M. Keller „Learning Jazz Grammars“. 6th Sound and Music Computing Conference 6 (23-iyul 2009-yil). Qaraldi: 5-yanvar 2016-yil. [sayt ishlamaydi]
  5. Gillick, Jon; Kevin Tang; Robert M. Keller (Fall 2010). „Machine Learning of Jazz Grammars“. Computer Music Journal. 34-jild, № 3. 56–66-bet. doi:10.1162/COMJ_a_00006. Qaraldi: 5–yanvar 2016–yil.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  6. Keller, Robert M.; Martin Hunt; Stephen Jones; David Morrison; Aaron Wolin; Steven Gomez (2007). „Blues for Gary: Design Abstractions for a Jazz Improvisation Assistant“ (PDF). Electronic Notes in Theoretical Computer Scienc. № 193. 47–60-bet. doi:10.1016/j.entcs.2007.10.007. 2015-07-26da asl nusxadan (PDF) arxivlandi. Qaraldi: 5–yanvar 2016–yil. {{cite magazine}}: Andozada hech qanday qiymat berilmagan (boʻsh) nomaʼlum parametr mavjud: |seperator= (yordam)CS1 maint: date format () „arxiv nusxasi“. 2015-yil 26-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 1-fevral.
  7. Keller, Robert M.; Alexandra Schofield; August Toman-Yih; Zachary Merritt; John Elliott (Winter 2012). „Automating the Explanation of Jazz Chord Progressions Using Idiomatic Analysis“. Computer Music Journal. 37-jild, № 4. 54–69-bet. doi:10.1162/COMJ_a_00201. Qaraldi: 5–yanvar 2016–yil.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  8. Cork, Conrad. The New Guide to Harmony with Lego® Bricks, 2008. 
  9. Elliot, John A.. Insights in Jazz: An Inside View of Jazz Standard Chord Progressions. London: Jazzwise Publications, 2009 — 2 bet. ISBN 9780956403117. 

Havolalar tahrir