Inna Ivanovna Korjikova (tugʻ. 13-aprel 1968-yil, Navoiy viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — o'zbek siyosatchisi. 2020-yilda IV chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylangan.

Inna Korjikova
 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi aʼzosi
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1968
Navoiy, Oʻzbekiston SSR
Siyosiy partiyasi „Adolat“ sotsial-demokratik partiyasi
Taʼlim Toshkent davlat pedagogika universiteti
Kasbi oʻqituvchi

Biografiyasi

tahrir

Inna Korjikova 1968-yil 13-aprelda Navoiy shahrida tugʻilgan[1]. 1993-yilda Toshkent davlat pedagogika universitetini boshlangʻich sinf oʻqituvchisi mutaxassisligi boʻyicha tugatgan[2].

1986-1988-yillarda „Navoiyazot“ ishlab chiqarish birlashmasining 3-sonli bolalar bogʻchasi oʻqituvchisi boʻlib ishlagan. 1988-1990-yillarda Navoiy shahar xalq taʼlimi boʻlimining 15-maktabida boshlangʻich sinf oʻqituvchisi. 1990-1992-yillarda „Navoiyazot“ ishlab chiqarish birlashmasidagi 11-bolalar bogʻchasida oʻqituvchi boʻlib ishlagan. Keyinchalik, 1992-yildan 1999-yilgacha Qurilish kasaba uyushma qoʻmitasining kutubxonachisi boʻlib ishlagan. 1999-yildan 2019-yilgacha Farhod nomidagi madaniyat saroyida kutubxonachi, shuningdek maʼnaviyat va maʼrifat masalalari boʻyicha instruktor-metodist boʻlib ishlagan. 2016-2019-yillarda rus madaniyat markazi Navoiy filiali boshqaruvi raisi boʻlib ishlagan[3]. 2012-yildan 2019-yilgacha „Nima? Qaerda? Qachon?“ Navoiy klubini boshqargan.

2020-yilda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Oʻzbekiston „Adolat“ sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasi aʼzosi, shuningdek, fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi aʼzosi etib saylangan.

Manbalar

tahrir
  1. „arxiv nusxasi“. 2021-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 30-aprel.
  2. edr.uz/ru/section/24
  3. arxiv nusxasi, 2021-04-14da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2021-04-30