Inoyatnoma (arab, inoyat — gamxoʻrlik va fors, noma — xat, maktub) — 1) podshoh, xon, amir, shuningdek, boshqa ulugʻ mansabdor kishilardan kelgan va unda maʼlum iltifot bayon qilingan maktub; 2) 15—18-asrlarda biror soliq va jarimadan ozod qilinganlik yoki biror imtiyoz olganlikni koʻrsatuvchi rasmiy hujjat; 3) Qoʻqon xonligida nufuzli kishilar safarga chiqqanlarida xon tomonidan qatagʻon qilingan yer (qarang Koʻrugʻ), oʻrmon, koʻl va hokazodan yoʻl-yoʻlakay foydalanish uchun berilgan ruxsatnoma; 4) dushmanga qarshi qurolli kurashga chaqirilgan daʼvatnoma[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil