Ishtixon — Oʻzbekiston Respublikasi Samarqand viloyati, Ishtixon tumanidagi shahar. Tumanning maʼmuriy markazi. Samarqand shahridan 68 km, eng yaqin temir yoʻl stansiyasi — Kattaqoʻrgʻon shahridan (22 km) masofada joylashgan. Aholisi 12,3 ming kishi (2001). Shaharda tuman hokimligi binosi, aloqa boʻlimi, 3 ta umumiy taʼlim maktabi, litsey, pedagogika va tibbiyot kasb-hunar maktablari, kutubxona, dehqon bozori, „Shahidlar“ yodgorligi majmui, "Ishtixon Restoran" restorani,savdo va maishiy xizmat shoxobchalari bor.

Ishtixon
shahar
39°57′59″N 66°29′10″E / 39.96639°N 66.48611°E / 39.96639; 66.48611 G OKoordinatalari: 39°57′59″N 66°29′10″E / 39.96639°N 66.48611°E / 39.96639; 66.48611 G O
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Samarqand viloyati
tuman Ishtixon tumani
Aholisi
 (2001)
12 300
Vaqt mintaqasi UTC+5
Ishtixon xaritada
Ishtixon
Ishtixon
Ishtixon xaritada
Ishtixon
Ishtixon

Ishtixon qadimdan maʼlum boʻlib, ilk zamindorlik davrida mustaqil hokimlikning markazi boʻlgan, keyinchalik Sugʻdiyona tarkibiga kirgan. Samarkand arablar tomonidan bosib olingach (VIII-asr boshlari), Sugʻd ixshidlari Ishtixonga kelib uni poytaxt qilgan. X-asrda Ishtixon qalʼa, shahriston va raboddan iborat katta shahar boʻlgan. Keyingi asrlarda ham yirik savdo shahri sifatida mashhur edi. Tarixiy manbalarda Ishtixon savdo-sotiq rivojlangan, atrofi bogʻ-rogʻ, dalalar bilan oʻralgan chiroyli shahar sifatida tilga olinadi. Ishtixonga Zarafshon daryosi orqali suv kelgan. Keyinchalik shahar harobaga aylangan. Uning oʻrnida kichikroq qishloq (hozirgi Ishtixon shahri) vujudga kelgan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil